Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qo‘rq} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qo‘rq-moq
Izoh(lar)i:
qo‘rq fl

1. 1. Qo‘rquv his etmoq, qo‘rquv hissiga berilmoq. U hech narsadan qo‘rqmaydi. Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘rinar. Maqol
Teshaboyning jahli chiqdi: — Teshganda ko‘zingizni teshmaydi-ku! Muncha qo‘rqmasangiz? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Kelin qo‘rqqanidan hushi ketib qoldi. Hamza, Burungi qozilar

2. 2. Qo‘rqoqlik, yuraksizlik qilmoq, yuragi betlamay, dov bermay qochmoq. Qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar. Maqol

3. 3. Hadik olmoq: botina olmaslik, yuragi dov bermaslik; cho‘chimoq. Hayot xuddi yiqilib ketishdan qo‘rqqandek, bir qo‘li bilan tanchani ushlab, yuzini yigitdan xiyol qochirib o‘tirardi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Dardini aytibdi-yu, familiyasini aytgani qo‘rqibdi. S. Siyoyev, Otliq ayol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Hadiksiramoq – cho‘chimoq – qo‘rqmoq – vahimaga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.