1. 1. Bexos tashqi yoki ichki ta’sirdan sakrab, sapchib tushmoq, seskanmoq. Cho‘chib uyg‘onmoq. ▬ Peshayvonda banogoh telefon jiringlab, [Iskandar] cho‘chib tushdi. M. Mansurov, Yombi Oriqqina bir bola mashina tovushidan cho‘chib, yo‘l chetiga chiqdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi [Yaxshiboyev] Xayoliga kelgan qaltis fikrdan cho‘chib tushdi. M.M. Do‘st, Lolazor
2. ko‘chma hma Qo‘rqmoq, hadiksiramoq; shubhalanmoq. Qiyinchiliklardan cho‘chimoq. ▬ Goho vahimalar bag‘ringni tilib, Rosa cho‘chitadi, yurishmas ishing. A. Oripov [Muhsina] O‘g‘li taloq aytsa, kelin uydagi lash-lushlarni taloqqa qo‘shib ko‘tarib ketishidan cho‘chiydi, xolos. M.M. Do‘st, Lolazor
1. Hadiksiramoq – cho‘chimoq – qo‘rqmoq – vahimaga tushmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)