Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hayiq} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ha-yiq-moq
Izoh(lar)i:
hayiq fl

1. 1. Biror ish-harakat qilishga cho‘chimoq; qo‘rqmoq, botina olmaslik. Hamma joyda oqni — Qobil Komilovichning yuragi orziqdi. Miyasida tug‘ilgan turli fikrlarga chuqurroq ma’no berishdan hayiqdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
oq, qorani — qora, deb aytishdan hech hayiqmaslik kerak. P. Tursun, O‘qituvchi
Dovdirroqmikan? Unday desa, fan nomzodi, uncha-muncha olimlar qo‘l urishga hayiqadigan muammolar ustida ishlayotgan ekan. S. Nurov, Narvon

2. 2. Biror xatti-harakat, muomala va shu kabilarda kimdandir, nimadandir cho‘chimoq, u bilan hisoblashmoq. Dadasidan bir oz hayiqadi. S. Zunnunova, Yangi direktor
bu haqiqatgo‘y yigitning tevarak-atrofdagi qishloq va ovullarda obro‘yi katta ekan, undan ko‘plar hayiqar ekan. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Poshsha xola oxir-oqibatda o‘z obro‘yiga putur yetib qolishidan hayiqardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
U xonasi kelganda hech kimni ayamasdi. Undan rais ham hayiqardi. S.Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qo‘rqmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.