Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ozod}
So‘z bo‘g‘inlari: o-zod
Izoh(lar)i:
ozod sf

1. 1. O‘z erki, haq-huquqi o‘z qo‘lida bo‘lgan, ozodlikka erishgan; erkin, xur. Ozod o‘lka. Ozod mamlakat. Ozod mehnat. Toza havo, toza suv, Ozod Vatan seniki. G‘, G‘ulom
Bu ayollar teng huquqli, erkin, ozod, hur bir mamlakatda o‘smoqdalar. Saodat

2. 2. Qullikdan ozod etilgan, erkinlikka chiqqan, asoratdan qutulgan. Oryol, Belgorod shaharlari dushmandan ozod qilinganda, Moskvada birinchi marta berilgan salyut odatga aylandi. S. Zunnunova, Olov

3. 3. O‘z holiga, mayliga qo‘yilgan, bo‘shatib yuborilgan, hech qanday majburiyat bilan bog‘lanmagan; bo‘sh. Eshonning zaharxanda ta’nasini Elmurod yerga tikilganicha, indamay tingladi. Bu gap unga: Sen ozodsan, keta ber! bo‘lib eshitildi. P. Tursun, O‘qituvchi
Majlisga qatnashishdan o‘zlarini ozod hisoblagan kishilar bu majlis va uning belgilangan vaqtidan oldin boshlanganiga ham o‘zlaricha ma’no berishdi. A. Qahhor, Qo‘sh-chinor chiroqlari

4. 4. Xoli. Tashvishdan ozod kishilar. Qalamni ham bu g‘idi-bididan ozod qilishni muvofiq ko‘rdim. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. rvsh.vzf. zf. Erkinlik bilan, bemalol, dast. Yigit bilagimdan ozod ko‘tarib, tandirdan sug‘urib oldi. G‘. G‘ulom, Shum bola
G‘aybarov, qo‘lida ma’buda qizni [haykalni] yerdan ozod ko‘tardi, mahkam bag‘riga bosdi-da, yuz-u ko‘zidan o‘pdi. Yoshlik

6. rvsh. vzf. zf. Tik, tikka, ko‘krakni kerib. Ingichka, uzun oyoqlarini chaqqon bosib, chiroyli boshini ozod ko‘tarib kelayotgan qashqa saman birdan paxsa devor tomonga burildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona t. o.

7. 7. Qo‘shilmagan, birikmagan holdagi. Ozod kislorod.

8. 8. Ozod (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: erksiz , mustamlaka
Sinonim(lar)i: erkin , hur [a], sarbast [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: azot O‘simlikka solinadigan oziq bo‘ladigan rangsiz va hidsiz ximiyaviy dori; dast ko‘tarmoq, tik ko‘tarmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Afif – pokiza – ozoda – toza
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kam qo‘llanilishiga ko‘ra)

2. Ozod – erkin – hur – sarbast
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisinig ortib borishiga ko‘ra)

3. Toza – ozoda – pok – pokiza – sof – musaffo – beg‘ubor – g‘uborsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

4. Toza – ozoda – pokiza
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.