1. Har qanday to‘siq, g‘ov, monelik va shu kabilardan xoli bo‘lgan, erk-ixtiyori o‘zida bo‘lgan.
Nahot chayqovchi o‘zini shuncha erkin sezsa!
A. Qahhor, Asarlar
2. Qiynalmay, qiyinchiliksiz, bemalol.
O‘rta Osiyo xalqlari tillarida erkin so‘zlaydigan Aleksandr Vasilyevich Sidorov bilimdon kishi edi.
Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
3. Ochiq-oydin, bemalol tarzda.
Mazkur kitobda fuqaro huquqi haqida birmuncha erkin fikrlar aytilganini saroy ahli, jumladan, ahli fuzalo bilar edi.
Mirmuhsin, Me’mor
4. Qisinish, tortinishdan xoli holda; bemalol.
Ular bilan ko‘pdan tanishdek erkin gaplashib ketdim.
M. Xayrullayev, Tilla marjon
5. Siyosiy, iqtisodiy, huquqiy mustaqillikka ega bo‘lgan, ozod, hur.
6. Erkin (erkaklar va xotin-qizlar ismi).