Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sarbast}
So‘z bo‘g‘inlari: sar-bast
Izoh(lar)i:
sarbast sf

1. 1. Erki o‘zida, erkin, mustaqil. U sarbast, ziyrak, harakatlari dadil, so‘zlari o‘tkir, o‘rtoqlari orasida onabosh qiz. Oybek, Ulug‘ yo‘l
U o‘zini yurt og‘asidek erkin, sarbast tutayotgan Teshaboyning mingboshi bo‘lib kelganmi-yo‘qligini bilishni istar, bilolmay tajang bo‘lardi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. She’r vazni turlaridan biri. Erkin sher ijodkorlari safida eng zabardast san’atkorlardan biri bo‘lgan Shayxzoda sarbast vaznida ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishga intildi. Sharq yulduzi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ozod [f-t][f]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ozod – erkin – hur – sarbast
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisinig ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.