1. avj oldi, avjiga mindi, avjiga chiqdi: 1) rivojlandi 2) zo‘raydi, kuchaydi
2. baloga qoldi: javobgarlikka, jazoga duchor bo‘ldi
3. betiga soldi: aybli deb qaralgan kishining o‘ziga kesatib, achitib gapirdi
4. bo‘yniga oldi: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi
5. chang soldi: 1)astoyidil tashlandi 2)g‘ayri qonuniy tarzda yopishdi
6. changal soldi: 1)astoyidil tashlandi 2)g‘ayri qonuniy tarzda yopishdi
7. dam oldi: istirohat qildi, hordiq oldi
8. dami ichida qoldi: bir so‘z ham ayta olmay qoldi
9. dod soldi: dod-voy qildi, qichqirdi
10. dog‘da qoldi: biror narsaning kutilgancha bo‘lmagani tufayli o‘kindi, alamzada bo‘ldi
11. esga oldi: xotirladi
12. esida qoldi: xotirasida saqlanib qoldi
13. esiga soldi: 1)xotirasida tikladi 2)unutilayozganni eslatdi
14. fikrga toldi: uzoq fikrladi
15. gardaniga oldi: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi
16. hayratda qoldi: nihoyat darajada ajablandi
17. hayratda qoldirdi: nihoyat darajada ajablantirdi
18. hayron qoldi: ajablandi
19. hordiq oldi: istirohat qildi
20. ichiga soldi: yashirdi, pinhon tutdi
21. Ikki oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi
22. ishga soldi: 1) mehnat qilishga safarbar qildi 2)o‘z maqsadi yo‘lida xizmat qildirdi 3)safarbar qildi, foydalandi 4)ishlata boshladi
23. izga soldi: chetga chiqishlarni bartaraf qilib, me’yorga keltirdi
24. jar soldi: 1)jarchi vositasida eshittirildi 2)keragidan ortiq darajada bo‘rttirib xabar tarqatdi
25. jon berib, jon oldi: taslim bo‘lmadi, o‘zini yengilgan deb hisoblamadi
26. jonini oldi: 1)o‘ldirdi 2)ruhan juda qattiq ezib yubordi 3) jismonan juda qattiq ezib yubordi
27. ko‘ngli qoldi: avvalgi yaxshi munosabati o‘rniga xush ko‘rmaslik hissi uyg‘ondi
28. ko‘ngliga g‘ashlik soldi: tashvish qilishiga sabab bo‘ldi, tashvishli holatga qo‘ydi
29. ko‘ngliga qo‘l soldi: eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qildi
30. ko‘ngliga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi
31. ko‘nglini oldi: xursand qilish bilan o‘ziga
32. ko‘nglini qoldirdi: avvalgi yaxshi munosabati o‘rniga xush ko‘rmaslik hissi uyg‘otdi
33. ko‘z oldidan o‘tdi: tasavvurida ketma-ket gavdalandi
34. ko‘z oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi
35. ko‘z ostiga oldi: biror maqsad bilan ko‘zlab qo‘ydi
36. ko‘z tagiga oldi: biror maqsad bilan ko‘zlab qo‘ydi
37. ko‘ziga cho‘p soldi: aldadi, chalg‘itdi
38. ko‘zini oldi: qarashni to‘xtatdi
39. ko‘zning oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi
40. kuniga qoldi: 1) biror ishni bajarishda qaram bo‘ldi 2)foydalanishga majbur bo‘ldi
41. nafasini ichiga oldi: hech qanday tovush chiqarmaydi
42. nazar soldi: diqqat bilan qaradi
43. nazaridan qoldi: yaxshi munosabatidan, hurmat-e’tiboridan mahrum bo‘ldi
44. o‘rtaga oldi: tanbeh berish yoki ko‘ndirish maqsadida ko‘pchilik gapirdi
45. o‘rtaga soldi: 1)ko‘pchilik oldida ro‘kach qildi 2)munozarada xizmatidan foydalandi
46. o‘yga toldi: uzoq fikrladi
47. o‘ziga oldi: 1)o‘ziga tegishli deb bildi 2)zimmasiga oldi
48. o‘zini qo‘lga oldi: o‘z xatti–harakatlarini irodasiga bo‘ysundirdi
49. og‘iz soldi: 1)qayliq yoki kuyov qilish niyati borligini aytdi 2)g‘ayri qonuniy ravishda o‘zlashtirishga harakat qildi
50. og‘ziga co‘k soldi: umuman gapirmadi
51. og‘ziga nos oldi: mutlaqo gapirmadi
52. og‘ziga oldi: gapirdi
53. og‘ziga tolqon soldi: mutlaqo gapirmadi
54. oldi olindi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rildi
55. oldidan o‘tdi: biror ishni qilishdan oldin shundan kimnidir xabardor qildi
56. oldiga tushadigan: ustunlik qila oladigan
57. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi
58. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi
59. oldirib qo‘ygan yuragi: bezillab qolgan
60. oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi
61. podadan oldin chang chiqardi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurdi
62. qalbiga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi
63. qarshi oldi: kutib oldi
64. qo‘lga oldi: 1)o‘z ixtiyoriga o‘tkazdi 2)qo‘qqisdan hujum qilib bosib oldi 3)hibs qildi, qamash maqsadida tutdi 4) biror yo‘l bilan o‘z xohishiga bo‘ysunnadigan qildi
65. qo‘yniga qo‘l soldi: fikr niyatini bilishga harakat qildi
66. qulog‘iga oldi: kimningdir fikriga amal qilib ish tutdi
67. qulog‘iga qo‘yilib qoldi: 1)gapni uqdi 2)xotirasida mustahkam saqladi
68. quloq soldi: 1)tingladi 2)aytganini qildi
69. razm soldi: sinchkovlik bilan kuzatdi
70. shovqin soldi: qattiq shovqin qildi
71. so‘z oldi: 1)muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat oldi 2)ahd-u paymon qildirdi
72. soyasiga ko‘rpacha soldi: izzat-hurmat qilishni me’yoridan o‘tkazib yubordi
73. tan oldi: e’tirof qildi
74. tarafini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi
75. tashvishga soldi: tashvish qilishiga sabab bo‘ldi
76. teri to‘nini ters kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi
77. tilga oldi: gapirdi
78. to‘nini teskari kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi
79. tomonini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi
80. turib oldi: o‘jarlik qildi
81. ustiga oldi: biror ishni bajarishga mas’ul bo‘ldi
82. xabar oldi: 1)o‘zi kelib xabardor bo‘ldi 2)biror kishining turish–turmushini, ahvolini yengillatishga ko‘maklashdi
83. xayolga toldi: uzoq o‘ylandi
84. yerda qoldi: e’tiborsiz qoldi
85. yo‘l soldi: yo‘naldi