Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {berdi}
So‘z bo‘g‘inlari: ber-di
Izoh(lar)i: mavjud emas.
Antonim(lar)i: oldi
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. “berdi”sini aytguncha urib o‘ldirmoq: -

2. “berdi”sini aytmoq: -

3. baho berdi: qadr-qimmatini belgiladi

4. bardosh berdi: chidadi

5. berdisini aytguncha urib o‘ldirmoq: gapirib bo‘lguncha kutmay (chidamay) biror narsa dedi

6. berdisini aytmoq: oxirini gapirdi

7. boy berdi: 1)yutqizdi 2)behuda, befoyda o‘tkazdi

8. dam berdi: 1) havo oqimini kuch bilan haydab kiritdi 2) tinishga ruxsat etdi

9. darak berdi: xabardor qilib qo‘ydi

10. e’tibor berdi: diqqat bilan qaradi

11. erga berdi: uzatdi

12. ish berdi: manfaatiga xizmat qildi

13. javob berdi: 1)javobli ish tutdi 2)qondirdi 3)javobgarlikni o‘z ustiga oldi 4) «ketish»ga ruxsat berdi

14. javobini berdi I: 1)javobli ish tutdi 2)qondirdi 3)javobgarlikni o‘z ustiga oldi 4) «ketish»ga ruxsat berdi

15. javobini berdi II: 1) haydab yubordi 2) er-xotinlik holatini bekor qilishga rozilik berdi

16. jazo berdirmoq: -

17. jazosini berdi: qilmishiga yarasha jazoladi

18. jon berdi: o‘ldi

19. jon olib, jon berdi: o‘z jonini ham ayamasdan og‘ir va mashaqqatli kurash olib bordi

20. jonini berdi: har qanday og‘ir shartni, talabni bajarishga tayyor bo‘ldi

21. jonini jabborga berdi: bor kuchini safarbar qildi

22. ko‘ngil berdi: sevdi, oshiq (ma’shuq) bo‘ldi

23. ma’lumot berdi I: boshqalarni ham xabardor qilish maqsadida so‘zladi

24. ma’lumot berdi II: yuqori organlarga shikoyat tarzida xabar yubordi

25. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

26. odobini berdi: qilmishiga yarasha jazoladi

27. oro berdi: ko‘rinishini ko‘rkam, chiroyli qildi

28. qo‘l berdi I: salomlashish uchun dastpanjasini uzatdi

29. qo‘l berdi II: murid bo‘ldi

30. qo‘ldan berdi: yo‘qotdi

31. quloq berdi: tingladi

32. savol berdi: javob talab qiluvchi so‘z-gap aytdi

33. so‘z berdi: 1)muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat berdi 2)ahd-u paymon qildi

34. so‘zini berdi: ahd-u paymon qildi

35. ta’zirini berdi: yengil-yelpi jazoladi

36. ta’zirini berdirmoq: -

37. tan berdi: e’tirof qilishga majbur bo‘ldi, rozi bo‘ldi

38. tanbeh berdi: yengil-yelpi jazoladi, urishib qo‘ydi

39. tanbehini berdirmoq: -

40. tanbehni berdirmoq: -

41. xabar berdi: xabardor qilib qo‘ydi

42. xalaqit berdi: monelik qildi

43. xudo berdi: -

44. yo‘l berdi: 1) o‘zi chetlanib, boshqaning o‘tishiga imkon berdi 2)monelik qilmadi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.