1. bir yostiqqa bosh qo‘ydi: turmush qurdi
2. bo‘yniga qo‘ydi: 1) to‘nkadi, ayb ag‘dardi 2) bajarishga rozi qildi
3. es- hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi
4. eshigiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi
5. gapni bir joyga qo‘ydi: o‘zaro bir fikrga keldi
6. hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi
7. ixlos qo‘ydi: e’tiqod bilan qaradi
8. joyiga qo‘ydi: bajardi, o‘rinlatdi
9. kavushini to‘g‘irlab qo‘ydi: haydab yubordi
10. ko‘ngil qo‘ydi: sevdi
11. mehr qo‘ydi: butun hissiyoti bilan suydi
12. muhabbat qo‘ydi: sevish hissiga erk berdi
13. o‘rniga qo‘ydi: 1)bajardi 2)o‘rinlatdi
14. o‘zini yo‘qotib qo‘ydi: gangib qoldi
15. o‘z–o‘zini yeb qo‘ydi: ichki ruhiy azoblanish natijasida ozib–to‘zib ketdi
16. odam qo‘ydi: 1)o‘zi bilan o‘zga tomon orasida birov vositachiligidan foydalandi 2) biror kishi yordamida kimnidir ta’qib etdi
17. ostonasiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi
18. oyog‘iga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi
19. qulog‘iga qo‘ydi: 1)gap uqtirdi 2)xotirasida mustahkam saqladi
20. tishini tishiga qo‘ydi: butun his-tuyg‘usini iroda kuchi bilan yengib chidadi
21. vahimaga solib qo‘ydi: qo‘rqitib, o‘ylantirib qo‘ydi
22. yo‘l qo‘ydi: voqe bo‘lishiga imkon berdi