Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oila}
So‘z bo‘g‘inlari: o-i-la
Izoh(lar)i:
oila [o-i-la ]

1. Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui; xonadon. Birovga qiziqish, oila qurish Bu gaplar Zamirani cho‘chitar, Ochil uni yomon yo‘lga boshlayotganday tuyulardi. P. Qodirov, Uch ildiz

2. Bir maqsad, maslak bilan birlashgan ko‘p kishilar, xalqlar, mamlakatlar. Butun askarlar bir oila, ahil, mehribon va qalin do‘stmiz, — dediBektemir. Oybek, Quyosh qoraymas

3. O‘simliklar va hayvonlar sistematikasida tuzilish jihatidan bir-biriga o‘xshash, kelib chiqish jihatidan ham o‘zaro yaqin bir necha urug‘ni o‘z ichiga olgan guruh. Turp butaguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik, ildizmevali ko‘kat o‘simligi deyishadi botaniklar. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik

4. Oltoy tillar oilasi. Som-hom tillari oilasi. Qardosh tillar guruhi.

5. Oilam maktabda o‘qituvchi. Rafiqa, xotin.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Avstraliya tillari oilasiAvstraliya tub aholisi tillari. Papua, miriam va tasman tillari bundan mustasno. Tillarning umumiy soni 200 dan 600 gacha deb hisoblanadi. Avstraliya tillariquyidagicha tasniflanadi: 1) Shimoliy Kimberlin tillari (varoro, kokoyimidir va boshqalar.); 2) Janubiy-Sharqiy adabiy tillari (buandiq, kulin, kurpai va boshqalar.); 3) Markaziy Avstraliya tillari(parnkala, diyeri, aranta va boshqalar.); 4) G‘arbiy Avstraliya tillari(yungar, loritya va boshqalar.) hamda Kvinslent va Yangi Uels tillari. Ularning lug‘at tarkibi boy, ko‘p ma’noli so‘z ko‘p. Bugungi kunda Avstraliya tillarining ko‘pi yo‘qolib bormoqda.

 

B

Dravid tillar oilasiHindistonning janubi-sharqi va janubi-g‘arbi, shuningdek, Seylon orolining shimolida yashovchi aholining tili. Bu oilaga tamil, malayalam, kannara, telugu, broxui va boshqa bir qancha kichik tillar kiradi

Finugor til oilasiga fin guruhi (fin, eston, karel, komiziryan, komi-permyak, udmurd, mariy, mordva va boshqa), ugor guruhi (venger, mansi, xatniy tili) kiradi.

Bu oilaga slavyan guruhi (belorus, rus, ukrain, slovak, chex, polyak, makedon, serb, xorvat, sloven tili), german guruhi (ingliz, nemis, shved, norveg, dat, island, golland tili), roman guruhi (fransuz, ispan, portugal, italyan, rumin, moldavan tili) boltiq guruhi (litva, latish, latgal tili), eron guruhi (fors, afg‘on, osetin, kurd, tojik tili), hind guruhi (hind, urdu, bengal, panjob, gujarat tili) kiradi.

 

Bu oilaga g‘arbiy guruh (abxaz, abazin, adigey, kabardin, ubix tili), nax guruhi (chechen, ingush, batsbiy tili), dog‘iston guruhi (avar, dargin, lezgin, lak, karatin, gunzib tillari), janubiy guruh (megrel, chan, gruzin, kartali, svan, guriy va boshqa tillar) kiradi.

Mazkur tillar oilasiana’anaga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi: indonez, polinez, melonez va mikronez tillari. Mazkur tillar o‘zagini malay, polinez tillari tashkil qiladi. Malay-polinez tillari oilasi avstronez tillari ham deb yuritiladi. Hozirgi tasniflarda Tayvan avstronez tillari qolgan avstronez tillariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ulardan Okeaniya (sharqiy avstronez) shoxobchasi ajralib turadi.

Bu oilaga turk, mo‘g‘ul, manchjur, yapon, koreys va boshqa til tarmog‘i kiradi. “Oltoy” atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qadimgi vataniga ishora. Turkiy tarmoq o‘z navbatida quyidagi guruhga bo‘linadi: o‘g‘uz guruhi (turkman, gagauz, ozarbayjon, turk, qrim-tatar va bolqon turklari tili), qipchoq guruhi (qo‘miq, qorayim, bolqar, tatar, boshqird, no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq tili), qorluq-uyg‘ur guruhi (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili), uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi (tuva, tofa, yoqut, xakas, shor, sariq uyg‘ur va boshqalar), qirg‘iz-qipchoq guruhi (qirg‘iz va oltoy tili).

G.Ramsted, N.N.Poppe, E.D.Polivanov, V.L.Kotvich, R.Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: sanab o‘tilgan til tarmoqlaridagi anchagina umumiy leksika; so‘zning tovush tarkibidagi, fonetik (singarmonizm) va morfologik qurilishidagi (agglyutinatsiya) o‘xshashliklar; sintaktik strukturaning mosligi va so‘z yasalishi tizimining o‘xshashligi. Shuningdek, deyarli barcha tillarida maxsus so‘roq yuklamalari mavjud, old qo‘shimcha yo‘q. Egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdosh kuchli rivojlangan. Biroq sonlar, tana a’zolari nomlari, yil fasllari va sutka bo‘laklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lug‘aviy guruhlar orasidagi o‘xshashliklar nisbatining ancha pastligi ularga oltoy bobo tili asos bo‘lganligini shubha ostiga qo‘yadi.

Demak, oltoy tillarining qarindoshlik darajasini o‘rganish dolzarb masala.

 

Til oilasi – kelib chiqishi umumiy va leksik-grammatik xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan til tarmoqlari majmui. Bir oilaga kiruvchi tillarning qarindoshligi tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganiladi. Oila atamasi o‘rnida ba’zan guruh termini ham ishlatiladi. Mas., turkiy tillar bir butun holda guruh sifatida oltoy oilasiga kiradi. Bir oilaga kirishi haqidagi ma’lumotlar kam, uzoqlashib ketgan tillarga nisbatan makrooila, fila, filiya terminlari ishlatiladi.

Ko‘plab til oilalarining tarkibi haqidagi ma’lumotlar oxirigacha isbotlanmagan. Mas., ayrim tilshunoslar mo‘g‘ul, tungus-manjur va turkiy tillarni bir umumiy oila sifatida qaraydilar. Boshqalari esa oltoy, hind-yevropa, som-xom, ural, dravid kabi tillar ilgari qarindosh bo‘lgan deya bir til oilasiga kiritiladi.

Dunyodagi ko‘p tillar hali yetarli darajada o‘rganilmagan. Ayniqsa, Amerika va Afrikadagi tillarning kamayib borayotganligi bu tillarninig biror oilaga munosabatini belgilashni qiyinlashtirmoqda. Bunga qaramasdan, indeys tillarining Shimoliy Amerikada 7 ta, Meksika va Markaziy Amerikada 3 ta, Janubiy Amerikada 20 dan ortiq oilasi borligi aniqlangan. Bundagi har bir oila 15–20 dan 100 tagacha tilni qamrab olgan. Janubiy Amerikada keng tarqalgan chibcha tili oilasi jami 70 tilni o‘z ichiga olgan 20 guruhga bo‘linadi.

Dunyo tillari soni aniq emas (2500 tadan – 5 000 tagacha). Tillar sonini belgilashning qiyinligi shundaki, ayrim tilning alohida til yoki lahjaligi aniq emas. Aloqasi uzilgan lahjalarning alohida tilga aylanishi hozir ham yuz bermoqda. Ziddiyat va chalkashliklar bo‘lishiga qaramay, olimlar 2000 dan ortiq tilni oilalarga bo‘lishgan. Ma’lumotga ko‘ra, hozirgi kunda 20 dan ortiq til oilasi bor. Til oilasidan keng tarqalganlari quyidagilar: 1. HindYevropa oilasi. 2. Oltoy oilasi. 3. Finugor oilasi. 4. Xomsom oilasi. 5. Kavkaz oilasi. 6. Xitoytibet oilasi. Bundan tashqari, dravid, malay-polinez, avstraliya, papua, afrika oilasi ham ajratiladi.

Ayrim darslik va qo‘llanmada turkiy tillarni ba’zan alohida oila, ba’zan guruh sifatida ham berishadi. (Mas., quyidagi manbaga qarang: Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish: Dorilfunun va pedagogika inctitutlari talabalari uchun qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi, 1992. – B. 176; Ne’matov H., Mahmudov N., G‘ulomov A., Sayfullayeva R., Abduraimova M. Ona tili. 9- sinf uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2002. – B. 8.) Umuman olganda, bu masalada bir xillik yo‘q. Shuning uchun o‘quvchi amaldagi maktab darsligi bergan ma’lumotga tayangani ma’qul.

Oltoy oilasining turkiy tarmog‘i 100 ga yaqin (ba’zi adabiyotda 24 ta) jonli tilni qamrab oladi. Butun dunyoda birnecha yuz million kishi turkiy tilda so‘zlashadi. Turkiy aholi Uzoq Sharqdan Markaziy Yevropagacha, Taymir yarim orolidan Bolqon yarim oroligacha yoyilgan.

Hozirgi turkiy tillar so‘z boyligi va grammatik qurilishi jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi. Shuning uchun bu tilda so‘zlashuvchilar bir-birini tarjimonsiz tushunadi.

Turkiy tillar uzoq tarixiy yozuv madaniyatiga ega. Bu tillarda bitilgan dastlabgi yodgorliklarga «Xuastuanift» (V asr), V–VII asrga oid O‘rxun-Enasoy yodgorliklari yorqin dalil. (q.Turkiy til)

 

Bu oilaga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungan, tay, laos, chjuan, vetnam tili), tibet-birma guruhi (tibet, birma tili) kiradi.

Xomsom oilasiga semit (yoki som) guruhi (arab, axmar, xarari, oysor, ivrit), qushit guruhi (galla, somali, saho, beja), berber guruhi (kobil, shilx, rif, tamazist), chat-xom guruhi (xause, kotoko, angas, karekare, sura, chuzgu, mubi), arab guruhi (qadimgi arab) tili kiradi.

 

1. oila qurdi: oilaviy hayot kechirishga kirishdi

1. Oila – guruh – jamiyat – tabiat – borliq
Ma’nosiga ko‘ra
(tashkil etuvchilari ko‘lamining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.