Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uy}
So‘z bo‘g‘inlari: uy
Izoh(lar)i:
uy fl

1. Ustma-ust qalashtirib, bir yerga to‘plamoq, uyum yoki g‘aram hosil qilmoq; yig‘moq. Toshlarni bir yerga uymoq. Terilgan paxtani uymoq. Beda uymoq. Qamishlarni bog‘-bog‘ qilib, kanal ichiga uyib, yoqishadigan bo‘lishdi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Bo‘taboyni qurol-yarog‘ uyib tashlangan bir hujraga olib kirishdi. S. Ahmad, Hukm
Yuz-qo‘lini yuvib, muzdakkina bo‘lib olgach, o‘z ekskavatori hozirgina uygan tuproq tepa ustiga chiqib, chordana qurdi. Sh. G‘ulomov, Shonli avlod

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: oila [a]

1. uy I Ot
kishi yashaydigan bino

2. uy II Fe’l
Ustma-ust qo‘yib bir yerga to‘plamoq.

Paronimi: o‘y Xayolan fikr, mulohaza yuritish jarayoni va uning natijasi; fikr, mulohaza; reja, niyat; aql.

Sariq uyg‘ur tili sharqiy turkiy tillardan biri. Asosan, Xitoyning Gansu viloyatidagi Minxua mintaqasida tarqalgan. So‘zlashuvchilarning soni taxminan 4-5 ming kishiga yaqin. Aniq dialektal bo‘linishga ega emas; tog‘lik va dashtlik aholi shevalarida fonetika va leksika sohalarida tafovutlar kuzatiladi.

Sariq uyg‘ur tili leksikasi turkiy va noturkiy (sanskrit, tibet, mo‘g‘ul, xitoy) tillarga xos unsurlar qorishmasidan iborat, lekin grammatik qurilishi asl turkiyligicha saqlanib qolgan. Sariq uyg‘ur tilining o‘tmishda qadimgi uyg‘ur tiliga yaqin bo‘lganligi haqida taxminlar bor. Sariq uyg‘urlar XVIII asr oxirlarigacha qadimgi uyg‘ur adabiy tilidan foydalanib kelgan va keyinchalik tibet tilining ta’sirida qadimgi uyg‘ur yozuvi unutilgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda sariq uyg‘ur tili oddiy so‘zlashuv tili bo‘lib qolmoqda.

O‘z ichiga oluvchi so‘z uya so‘z va uyaga kiruvchi so‘z uyadosh so‘z deyiladi. Qo‘y uya so‘zi o‘z ichiga qo‘zi, sovliq, qo‘chqor, shishak, to‘qli so‘zini olsa, qoramol so‘zi sigir, novvos, ho‘kiz, buqa, g‘unajin so‘zini oladi.

Bir uyaga kiruvchi uyadosh so‘z ichki guruhlarga bo‘linishi mumkin. Masalan daraxt uyasi o‘z ichida mevali daraxt va mevasiz daraxt uyasiga bo‘linadi. Bu uyachada daraxt nomi mevali va mevasizga bo‘lingan holda yashaydi. Mas., ot uyasi quyidagi kabi uyachalarga bo‘linadi:     

a) jins uyasi: ayg‘ir, baytal;

b) zot uyasi: arabi, bedov, qozoqi, muguli, axaltaka;     

v) rang-tusi uyasi: saman, to‘riq, chovkar, qorabayir, qashqa, jiyron;        

g) vazifa uyasi: salt, aravakash, yukchi, uloqchi, poygachi;

Uya yoki uyadosh so‘z o‘rnida so‘z birikmasi ham bo‘lishi mumkin. Bunga mevali daraxt va mevasiz daraxt birikmasi misol bo‘ladi. U daraxtning mevali turiga nisbatan uya birikma, daraxt uyasiga nisbatan uyadosh birikma.

Uyg‘ur tili –turkiy tillardan biri. Asosan, Xitoyning Sintszyan-Uyg‘ur muxtor rayonida, shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. So‘zlashuvchilarning umumiy soni 7.7 milliondan oshadi (1990- yil ma’lumoti.)

Uyg‘ur tili3 lahjaga bo‘linadi: markaziy, sharqiy va janubiy. Markaziy lahja hozirgi uyg‘ur tiliga asos bo‘lgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda yashovchi uyg‘urlarning 2 ta lahjasi bo‘lib, ularning nomlanishida uyg‘urlarning G‘arbiy Xitoydan Yettisuv va Farg‘onaga ko‘chib o‘tganlari aks etgan.

Boshqa turkiy tillardan farqli ravishda uyg‘ur tilida unli va undoshlarning regressiv assimilatsiyasi mavjud; singarmonizm izchil emas: unlilarning lab va tanglay garmoniyasi buzilish hollari uchraydi; unlilar reduksiyasi, undoshlarning tushib qolishi, tovush orttirilishi kuzatiladi.

 

Uyg‘ur yozuvi – so‘g‘d yozuvi asosida kelib chiqqan, arab va runiy yozuvidan farqli o‘laroq, unli tovushi ayrim harf bilan ko‘rsatilgan yozuv turi. Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan harf-tovush yozuvi.

Harflar bir-biriga qo‘shib yoziladi. Shuning uchun har bir harfning uchtadan shakli: so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanadigan shakllari bo‘ladi. Mahmud Koshg‘ariy bu alifboni “turk yozuvi” deb ataydi. Unda 18 ta harf borligini ta’kidlaydi. A.Rustamov a harfi ustiga bitta nuqta qo‘yish orqali hosil bo‘ladigan n harfini ham qo‘shadi. Ana shu 19 ta harf 8 ta unli va 20 undosh tovushni ifodalaydi.Uyg‘ur yozuvida harflar vertikal chiziq bo‘ylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa, chapdan o‘ngga yo‘nalgan. Harfning so‘zdagi o‘rniga qarab tegishli o‘rinlarda alohida shakllari qo‘llangan.

Uyg‘ur yozuvida yaratilgan yozma yodgorliklar qadimgi turkiy tilni o‘rganish uchun muhim manba sifatida ahamiyatli. Ularning eng qadimgisi (“Xuastuanift”) V asrga oid bo‘lsa, “Oltun yoruq” X asrga oid. Sharqiy Turkistondan – Turfondan X–XIII asrlarga oid 28 ta yuridik hujjatlar topilgan. Mashhur “Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarining bitta nusxasi (Vena) ham uyg‘ur alifbosida yozilgan.

Uyg‘ur yozuvi Chingizxon va temuriylar davrida ham keng qo‘llangan. S.Y.Malovning qayd qilishicha, Sharqiy Turkistonda uyg‘ur yozuvi XVII asrning oxiri-XVIII asrning boshiga qadar iste’molda bo‘lgan.

Uyg‘ur yozuviIX–XIII asrda budda diniga sig‘inuvchi turkiy qabilalar o‘rtasida keng tarqalgan. Keyinchalik bu yozuv arab yozuviga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan.

1. bir kesak bilan ikki quyonni urdi: ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutdi

2. burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirdi: arzimagan narsani deb jahl ustida nojo‘ya, zararli ish qilib qo‘ydi

3. eti suyagiga yopishgan: haddan tashqari ozg‘in, haddan tashqari qotma

4. har kuyga solmoq: har kuyga solmoq

5. ignadek gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

6. ishongan bog‘i, suyangan tog‘i: 1)suyanchig‘i, g‘amxo‘ri 2)orqa qiladigani, e’tiqod-ishonch bilan qaraydigani

7. jini suymaydi, jini sevmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi

8. joni kuydi: ruhan kuchli bezovtalangani holda g‘amxo‘r bo‘ldi

9. jonini kuydirib: mashaqqatni o‘z oldiga olgan holda, tirishib

10. mast uyqu: Rohatli qattiq uyqu.

11. ninaday gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

12. nonini tuya qildi: aldab-suldab haqini o‘zlashtirdi

13. ot bilan tuyacha: juda katta farq

14. pichoq suyakka yetdi: ortiq chidab bo‘lmaydi

15. qilidan quyrug‘igacha: butun tafsiloti bilan, mayda–chuydasigacha, batafsil

16. suv quygandek: hech qanday tovush yo‘q

17. suyagi qotdi: yoshligidan biror ish bilan shug‘ullanib katta bo‘ldi

18. suyak-suyagidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

19. suyangan tog‘i: 1)suyanchig‘i, g‘amxo‘ri 2)orqa qiladigani, e’tiqod-ishonch bilan qaraydigani

20. tegirmoniga suv quymoq: Kimsaning biror ish-faoliyatiga (odatda, salbiy deb qaraluvchi ishiga) ko‘maklashmoq, unga kuch bermoq

21. terisi suyagiga yopishgan: haddan tashqari ozg‘in, haddan tashqari qotma

22. tuya cho‘ksa, joy topar: O‘tiruvchilar tig‘iz, zich bo‘lgan holatlarda yana boshqa kimsa o‘tirishni xohlasa, joy topilishini, sig‘ishini qayd etuvchi ibora

23. tuya go‘shti yegan: Biror ish, narsaning bitishi, amalga oshishi juda sudralishi, cho‘zilishini qayd etuvchi ibora

24. tuya hammomni havas qilganday: O‘ziga xos va mos bo‘lmaydigan, yarashmaydigan urinish, intilish, orzu qilish holatiga nisbatan qo‘llanadigan ibora

25. tuya ko‘rdingmi–yo‘q: o‘zini ko‘rmaganga, bilmaganga chiqardi

26. tuya qildi: aldab-suldab haqini o‘zlashtirdi

27. tuyani yutib, dumini ko‘rsatmaydi: hozir u tomog‘ining qurtini o‘ldirish uchun tuya bo‘lsa ham, dumini ko‘rsatmay yutib yuborishdan toymaydi.

28. tuyog‘idan o‘t chaqnamoq: (ot, toyga nisbatan). Tez va yengil chopadigan; uchqur

29. uy ichi: Oila a’zolari

30. uyqu bermaslik: Uxlashga qo‘ymaslik, uxlatmaslik

31. uyqu elitmoq: ayn. uyqu olmoq

32. uyqu olmoq: Uyqu o‘z ta’siriga tortmoq

33. yarim uyqu: Chala uyqu, uyquli-uyqusiz holat

34. yuragi kuymoq: 1. juda tashna bo‘lmoq 2. qattiq kuyinmoq.

1. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

2. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

3. Badnom – uyatli – sharmanda – sharmsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortiqligiga ko‘ra)

4. Bo‘taloq – bo‘g‘ra – tuya
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

5. Buyruq – amr – farmon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining keng va kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

6. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

7. Jonlanish – rivojlanish – uyg‘onish
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng ifodalashiga ko‘ra)

8. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

9. Katta – ulug‘ – buyuk – zo‘r – azim – ulkan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

10. Notekis – baland – past – uydim-chuqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

11. Qalin – quyuq – zich
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

12. Quyi – o‘rta – yuqori
Ma’nosiga ko‘ra
(baland-pastligiga ko‘ra)

13. Quyosh – oftob – kun
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

14. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

15. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh
Ma’nosiga ko‘ra
(yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)

16. Uyat – ayb – gunoh – jinoyat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yog‘iga ko‘ra)

17. Uyushgan – hamjihat – intifoq – totuv – inoq – ahil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalash darajasiga ko‘ra)

18. Xushomadgo‘y – laganbardor – labbayguy – tilyog‘lama – yaltoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

19. Yaxshi ko‘rmoq – erkalamoq – suymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.