Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xonadon}
So‘z bo‘g‘inlari: xo-na-don
Izoh(lar)i:
xonadon ot

1. 1. Oila. Qobil karvonning qamoqqa olinishi Abdurahmonboy xonadonini qattiq tashvishga solib qo‘ydi. H. G‘ulom, Mash’al

2. 2. Oila a’zolari yashab turgan xo‘jalik, uy, hovli. Shaharning andazasi chiroyli, xonadonlari chorsi-chorsi bo‘lib tushgan. Z. Akramov, Hindiston lavhalari

3. tar. ar. Qarindoshlik yoki valiahdlik huquqiga ko‘ra, biri o‘rniga ikkinchisi taxtga chiqadigan, hokimiyatni nasldan naslga o‘tkazib, hukmronlik qiladigan hokimi mutlaq yoki monarxlar avlodi; sulola. Ma’lumki, Temurning vafotidan so‘ng uning poyonsiz imperiyasini idora qilarlik bir qo‘l bu xonadondan chiqmadi. T. Jalolov, Xamsa talqinlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: oila [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.