Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘t} - qaz ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o‘t-qaz-moq
Izoh(lar)i:
o‘t [o‘t ]

1. Yonish jarayoni; olov, otash. Hovli o‘rtasidagi bir buzoq bilan ikki qo‘y go‘shti solingan doshqozon tagida hamon o‘t yonar. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Alanga, yolqin. Soyning u betidagi tog‘larda soqqadek-soqqadek o‘t yaltirardi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. Olovning alangasi so‘ngan (to‘xtagan) holati; cho‘g‘. O‘choqdagi o‘tni asta-sekin kul bosdi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Quyoshning o‘t yallig‘i kabi qattiq, qizdiradigan, kuydiradigan holati; taft. Ayni tush chog‘i-ku, kelinoyijon, Quyosh o‘z o‘tidan behol bo‘lgan payt. Q. Rahimbekova, Yuragimda ko‘rganlarim

5. Kishi ruhiyatidagi, qalbidagi alanga, olov kabi “yonuvchi” (“yondiruvchi”), kuydiradigan holat; olov. ko‘zlarida g‘azab, nafrat o‘tlari chaqnagan ayolning surati tushirilgan plakatlar yopishtirilgan. R. Fayziy, Sen yetim emassan

6. Kishi qalbi (ruhi)dagi jo‘shqin holat; jo‘shqinlik, harorat. G‘ulomjon endi o‘zini ancha tutib olib, o‘t bilan, harorat bilan gapirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

7. Qalbida shunday o‘ti bor; o‘tli. Hoy, o‘t yigit, haligi so‘zlaring oltinga arziydi, ammo har kimga so‘zlayverma. Oybek, Tanlangan asarlar

8. Otish qurollaridan yalpi, to‘xtovsiz uzilgan o‘qlar. Dushmanning o‘tidan bir-ikki qayiqqa shikoyat yetdi. Nazarmat,Jo‘rlar baland sayraydi

9. Elektr zaryadi.

10. Poyasi yog‘ochlanmaydigan, chorva mollari uchun asosiy ozuqa bo‘ladigan yashil o‘simlik; alaf. Barra o‘tlarga xo‘p to‘y, Hech kim bermaydi xalal. I. Muslim

11. Jigardan ajralib chiquvchi sarg‘ish-yashil rangli achchiq suyuqlik. Kimgadir yovvoyi echkining terisimi, ayiqning o‘timi kerak ekan. N. Qobil, Bug‘doy pishig‘iga yetmaganlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: alaf [a], olov [f-t], ekmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: o‘tkazmoq Biror narsaning ichidan, yonidan, ustidan yurib, uchib, suzib nariga yetkazmoq, jildirmoq; ko‘chirmoq; tadbirni boshlatmoq. Majlis o‘tkazmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.