Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {olov}
So‘z bo‘g‘inlari: o-lov
Izoh(lar)i:
olov ot

1. 1. Yuqori haroratda yonib, nurlanib turgan gaz, alanga, o‘t. Olov yoqmoq. Olovni o‘chirmoq. Qumg‘onni olovga qo‘ymoq. Olovning tishi yo‘q, ho‘l-quruq bilan ishi yo‘q. Maqol

2. 2. Cho‘g‘. Tanchaning olovini oching, taqsir, badanimda qaltiroq turdi. H. G‘ulom, Mash’al
[Yo‘lchi] Bir qo‘lini qizning peshonasiga qo‘ydi: — Naq olovday — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Issiqlik, harorat. Quyosh olovi. Quyosh osmondan olov quyyapti. S. Ahmad, Ta’zim
Huvullagan tunday yolg‘izlik qursin, Yolg‘iz chaqmoqtoshdan chiqmaydi olov. Ch. Ergash, Orzuning og‘ir kipriklari
Yo‘lchi quyoshning olov selida cho‘milib, to‘nka kovlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. ko‘chma hma G‘ayrati ichiga sig‘maydigan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin. Olov yigit. Sinfning eng sho‘x, olov o‘quvchisi Sanjar bo‘lsa, og‘zini katta ochgancha, Oysha xolaga tikilib qoldi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar
O‘ziyam desangiz, otinoyisi, olov. Na bir qo‘rqishni biladi, na bir narsadan man tortishni. Sh. Toshmatov, Erk qushi

5. 5. Jo‘shqin tuyg‘u, hissiyot. Shuncha tutqun bo‘lishiga qaramasdan, bu qizning qalbiga muhabbat olovi allaqachon tushgan edi. S. Zunnunova, Olov
Isfandiyorning injiq va xudbin ko‘nglida o‘ch olovi yonardi. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘t , otash [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Faxri Kamolov – o‘zbek tilshunosligining fan sifatida, zamonaviy lingvistik soha bo‘lib shakllanishida munosib hissa qo‘shgan olim. U 1907 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘z tadqiqotlari bilan o‘zbek adabiy tilining leksik, fonetik, orfoepik me’yorlarini belgilash, o‘zbek alfaviti va imlosining, o‘zbek nutqi madaniyatining shakllanishi va takomillashuvida bebaho hissa qo‘shgan. Uning «Latinlashgan yangi o‘zbek alfaviti» (1929), «Maktablarda imlo o‘qitish metodikasidan qo‘llanma» (1929), «Orfografik mashqlar to‘plami» (1934), «Grammatika va orfografiya» (1934), «Sistemali diktantlar to‘plami» (1935), «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1953), «O‘zbek tili leksikasi» (1953), «Qo‘shma gaplarga doir masalalar» (1955), «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1957), «Oz’bek tilini o‘qitish metodikasi» (1958) kabi o‘rta va oliy ta’lim uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari 30-50-yillar o‘zbek tilshunosligining muhim yutug‘i bo‘lib qoldi.

Faxri Kamolovo‘z hayoti davomida o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolariga bag‘ishlab 150 dan ortiq darslik, qo‘llanma, dastur, risola va maqolalar yaratgan zabardast olim edi. U malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda ham katta hissa qo‘shgan.

Olim 1966 yilda vafot etgan.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Olov – o‘t – otash
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

2. Uchqun – cho‘g‘ – o‘t – olov – alanga
Ma’nosiga ko‘ra
(yonish darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.