«O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan yaratilgan, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘atda talaffuzdosh so‘zlarning quyidagi ko‘rininshlari farqlanadi:
1. So‘z oxiridagi yasovchi qo‘shimchada: borlik-borliq, bo‘shlik-bo‘shliq, otalik-otaliq, jazlik-jazliq, yo‘qlik-yo‘qliq.
2. So‘z o‘rtasidagi unli tovushlarda: gulkor-gilkor, ravon-rovon, oxir-oxur, devon-divan, jayron-jiyron, may-moy.
3. So‘z o‘rtasidagi undosh tovushlarda: abzal-afzal,
4. So‘z oxiridagi unli tovushlarda: tanga-tango, banda-bandi, daha-daho, jodi-jodu, mavzu-mavze, murabba-murabbo.
5. So‘z o‘zagi oxiridagi undosh tovushda: adip-adib, bop-bob, burch-burj, buyuk-buyuq.
6. So‘z boshidagi unli tovushlarda: abro‘-obro‘, ariq-oriq, axir-oxir, ukki-ikki.
7. So‘z boshidagi undosh tovushlarda: paqir-faqir;
8. So‘z o‘rtasidagi unlining cho‘ziq-qisqa aytilishida: sher-she’r, davo-da’vo.
9.So‘z o‘rtasida bir undoshning bor-yo‘qligida: bo‘yincha-bo‘yicha, ziyrak-zirak.
10. So‘z oxirida undoshning tushib qolishida: go‘sh-go‘sht, bolali-bolalik, uyli-uylik, sus-sust.
11.So‘z o‘rtasida bir unlining bor-yo‘qligida: davur-davr, asir-asr, ahil-ahl, qasir-qasr, ilik-ilk.
12. So‘z oxirida bir-biriga yaqin uyadoshli so‘zlarda: qarz-qars, darz-dars; dakki-daqqi, ko‘klik-ko‘hlik.
Lug‘at 1500 dan ortiq so‘zni qamrab olgan va har bir so‘zga izoh berilgan.