1. 1. Kishi, xalq hayotining o‘tgan qismi, shu o‘tgan davridagi hayoti.
Men yoshlikdan otamga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim qishlog‘imizda maktab ham yo‘q edi.
Yoshlik
O‘tmishni xotirlarkan, Yo‘lchi og‘ir xo‘rsindi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Goh o‘ltirib, gohi yotib, bemalol So‘zlar edi o‘tmishidan keksa chol.
Habibiy
Muzeydagi eksponatlarda belorus xalqining o‘tmishini ko‘rdik va yaqindan tanishdik.
N. Safarov, Olovli izlar
2. 2. O‘tgan davr; kechmish, moziy va shu davrdagi kishilar (ajdodlar) hayoti.
O‘tmishda ota-bobolarimiz ozmuncha tog‘ qazishganmi, biz ham qaziymiz.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ha, Oybek aka aytganday, G‘afur G‘ulom o‘tmishga qarab bugunni, bugunning xulosasidan ertasini ko‘ra oladigan odamlardan edi.
Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
Maqtamasman moziyni, biroq, O‘tmishingni o‘ylayman bir zum.
A. Oripov, Yurtim shamoli