Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kechmish}
So‘z bo‘g‘inlari: kech-mish
Izoh(lar)i:
kechmish ot

1. 1. O‘tgan, bo‘lib o‘tgan (asosan payt, zamon haqida). Shamoldek kechmish yillar uning [Gulchehraning] chiroyiga chiroy qo‘shgan. S. Azimov, Oppoq tong qo‘shig‘i
U hozir bolalarning sho‘x, jonli, qaynoq o‘yinlarini tomosha qiladi. O‘zining kechmish bolaligi, qishlog‘i, o‘rtoqlari yodiga tushadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. O‘tgan hayot, o‘tmish. Kechmishing bor chindan ham uzoq, Ilg‘ay olmas barchasin ko‘zim. A. Oripov, Ruhim
Chol yana boshladi hazin dostonin, Kechmishda oqizgan ko‘z yoshi — qonin. G‘ayratiy

Antonim(lar)i: istiqbol [a], kelajak
Sinonim(lar)i: o‘tmish
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. O‘tmish – kechmish – moziy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.