Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kelajak}
So‘z bo‘g‘inlari: ke-la-jak
Izoh(lar)i:
kelajak ot

1. sft. ft. Hozirgi paytdan keyin keladigan, kelgusidagi. Kelajak avlod. Yo‘lchi uning Gulnorning so‘zlarini tinglarkan, kelajak umri, orzulari, umid va xayollari bir parcha dog‘siz, tutash nur ichida ko‘rinib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Go‘zalim, baxtimiz oldinda, Kelajak kunlarga nazar sol. T. To‘la.
Samimiylik qizlarning kelajak hayotlarida eng zarur fazilatdir. Saodat

2. ot ot Hozirgi paytdan keyin keladigan zamon, lavr; kelgusi. Kim haqligini kelajak ko‘rsatadi. U maktabda hamma fanlardan a’lo olib o‘qir, har fanning o‘z fazilati borligini bilar, lekin kelajakda o‘zini qaysi biriga bag‘ishlashni bilmasdi. P. Qodirov, Uch ildiz
O‘tmish-u kelajak bir zum yonma-yon, Gohi past, goh baland bo‘lib suringay. A. Oripov, Yillar armoni
Kim moziydan o‘girarkan yuz, Yuz o‘girar undan kelajak. X. Davron.

3. 3. Kelgusidagi hayot, taqdir, istiqbol. Shaharning kelajagi. [Gulnor] Ilgari ham ba’zan o‘z kelajagini o‘ylagan vaqtlarda, baxtli hayot manzarasida Yo‘lchining onasini ham ko‘rar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Sherobod shahri yil sayin barq urib rivojlanmoqda. Uning kelajagi porloq. Fan va turmush
O‘rtoq Ahmedov bu qishloqning tarixini, keyingi bir yil ichida qilingan ishlarni, Qo‘shchinorning kelajagini gapirib berdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Kelgusi, istiqbolning ramzi; istiqbolni belgilovchi shaxs yoki narsa. Yoshlar — kelajagimiz. Turli sohalardan badiiy ijodga otlanib kirib kelayotgan yosh talantlar adabiyotimizning kelajagidir. Gazetadan

Antonim(lar)i: kechmish , moziy [a], o‘tmish
Sinonim(lar)i: istiqbol [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.