Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘rinsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘-rin-siz
Izoh(lar)i:
o‘rinsiz sf

1. 1. Asossiz, besabab, behuda, ortiqcha, noto‘g‘ri. O‘rinsiz g‘azab. O‘rinsiz araz. O‘rinsiz koyimoq. Avaz qozining shikoyati o‘rinsiz topilib, mol-mulki musodara qilindi. N. Safarov, Olovli izlar
Qo‘rqmangiz, hoji! Marg‘ilon hokimi o‘rinsiz qon to‘kuvchi emasdir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yarim kechaga borganda, Oqilaxon quruq tuhmat, o‘rinsiz tanalardan qutulish yo‘llarini o‘ylay-o‘ylay, divanga suyanganicha uxlab qoldi. R. Rahmonov, Talvasa

2. 2. Muayyan vaziyatga to‘g‘ri kelmaydigan, yopishmaydigan; noo‘rin. Ubay, direktorning o‘rinsiz hazilidan shartta orqasiga o‘girildi-yu, kabinetdan chiqib ketdi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Muhammadjon hozir gapirishni o‘rinsiz deb bildi va qovog‘ini solib, yuzini Zokirdan o‘girib oldi. P. Qodirov, Uch ildiz

3. 3. Biror zaruratsiz qilingan; foydasiz, noto‘g‘ri, behuda, chakki. Bir boyning ikki o‘g‘li bo‘lib, kattasi maishatparast, serxarajat, pulni o‘rinsiz sarf qiladigan ekan. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

Antonim(lar)i: o‘rinli , jo‘yali
Sinonim(lar)i: chakki , bekorga
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.