Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bekorga}
So‘z bo‘g‘inlari: be-kor-ga
Izoh(lar)i:
bekorga [be-kor-ga ]

1. Hech qanday naf-foydasi bo‘lmagani holda; befoyda, behuda. Muharrir bir yarim soat bekorga o‘tgan vaqtga achinib, bizga quloq berdi. A. Qahhor, Bek

2. Arzirli sabab, asos bo‘lmagani holda; bo‘lar-bo‘lmasga, vaj-sababsiz; o‘rinsiz. Aniqroq qilib ayting, Musa aka, Bo‘taboy bekorga yomon otli bo‘lib qolmasin. S. Ahmad, Hukm

3. Pul yoki haq olmay, to‘lamay, tekinga; bepul. — Yukni bekorga tashiymizmi, qovurg‘amiz sinay dedi! — qichqirishdi boshqalar. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.