Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘rinli}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘-rin-li
Izoh(lar)i:
o‘rinli sf

1. 1. Miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan kelib, shu so‘zlar bildirgan miqdorda o‘ringa egalikni bildiradi; o‘ringa ega, o‘rni bor. To‘rt o‘rinli engil mashina. Olti yuz o‘rinli zal. Ikki yuz o‘rinli kasalxona. Sherzod yotgan yettinchi palata ikki o‘rinli edi. O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor

2. 2. Haqiqatni ifodalaydigan, adolatli; asosli, to‘g‘ri. O‘rinli mulohaza. O‘rinli fikr. O‘rinli maslahat. Hasan so‘fi bilan Alim buva Qudratning o‘rinli gaplarini jon quloqlari bilan tinglashdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Joiz, munosib. Shuni aytib o‘tish o‘rinliki, bu munosabatning mohiyati haqida o‘zbek tilshunosligida fikr bayon qilinmagan. O‘TA

4. 4. O‘z joyida, o‘rni bilan, zaruriyatga ko‘ra; to‘g‘ri. O‘rinli xarajat. O‘rinli sarf. Mineral o‘g‘itlarni o‘rinli ishlatmoq.

Sinonim(lar)i: joiz [a], jo‘yali , ma’qul [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.