Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nomus} - lik
So‘z bo‘g‘inlari: no-mus-lik
Izoh(lar)i:
nomus [no-mus ]

1. Kishining o‘z obro‘yini ulug‘lash va ardoqlash his-tuyg‘usi; oriyat, diyonat, vijdon. Nomusini yerga bukmoq. Nomus va g‘ayrati bor odam mehnatdan qo‘rqmaydi. Nodon bilan yurma, Nomusingni bukma. Maqol

2. Xijolat tortish his-tuyg‘usi; uyat-andisha, sharm, hayo, or. Hayitjon otasi bechora bo‘lsa, qancha vaqt el-xalqdan nomus qilganidan, allaqanday shaharlarga badarg‘a bo‘lib, yaqinda keldi. Hamza, Paranji sirlari

3. Qiz pokligi, bokiralik, iffat, qizlik. Agar it tegmagan bo‘lsa, pokman, nomusim joyida desang, kel, beri kel. M. Mansurov, Yombi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: uyat , vijdon [a], or [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.