1. Munosib, muvofiq, mos bo‘lmagan, mos kelmaydigan; nomuvofiq.
Ular bir-biriga nomunosib. Sherbek joyiga o‘tirganida, Saidg‘ozining jismiga nomunosib ovozi idorada yana do‘rilladi.
S. Anorboyev, Oqsoy
2. Kelishmagan, yarashmagan, noloyiq.
O‘qimishli kishiga nomunosib qiliq. Umida so‘nggi so‘zlarini yoshiga nomunosib bir alam bilan, sansirab gapirdi.
D. Nuriy, Osmon ustuni