Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {munosib}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-no-sib
Izoh(lar)i:
munosib sf

1. To‘g‘ri keladigan, mos tushadigan; muvofiq, loyiq. Munosib nomzod. Ismi jismiga munosib. Munosib ko‘rmoq. ▬ Yormat bir yildan buyon qizini munosib joyga uzatishga tirishadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Muvofiq tushadigan, yarashadigan, yarashiq. Olim kishiga munosib sipolik. ▬ Uylar o‘ziga munosib bezaklar bilan bezalgan. Ertaklar
G‘alabaga marsiya emas, madhiya munosib. Uyg‘un

3. Arziydigan, arzirli. Munosib hissa qo‘shmoq.

Sinonim(lar)i: loyiq [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.