1. Shaxs yoki narsa-predmetlarga qo‘yilgan ot; ism.
Keksayib qolgan eshonning xotirasi ancha pasayganidan ko‘p vaqt o‘z o‘g‘illarining nomlarini ham xotinidan so‘rab olar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. Biror sohaga, guruhga oidlikni bildiruvchi atama.
Mansur, Muslim! Senga bir gap bo‘ldimi? Muallim degan nomimiz bor, shunday vaqtda ish ko‘rsatmasak, qachon ko‘rsatamiz?!
Said, N.Safarov, Tarix tilga kirdi
3. Faoliyatning biror sohasida erishgan yutuq, malaka darajasini ko‘rsatish uchun rasmiy yo‘l bilan beriladigan unvon.
Faxriy nom. Xizmat ko‘rsatgan artist degan nom. Klassik kurash bo‘yicha mamlakat chempioni degan nom.
Gazetadan
4. Ko‘pchilik orasida ma’lum-mashhurlik; dong, dovruq, shuhrat.
Ochil Eshnazar Siyob volostining Qo‘shtamg‘ali qishlog‘ida nom chiqargan shaxs edi.
M. O‘rinxo‘jayev, Unutilmas kunlar