Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ism}
So‘z bo‘g‘inlari: ism
Izoh(lar)i:
ism ot

1. Shaxsiy nom. Ismingiz nima? Ism qo‘ymoq. Ism bermoq. Bu yoqimtoy bolaning ismi Qo‘ziboy! H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nom [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

      Ismlarning munosabat shakllariism asoslariga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlar bilan aloqa-munosabatga kiritish va gap bo‘laklarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan shakllar. Unga quyidagilar kiritiladi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlarni kesimga xoslovchi shakllar.

Egalik shakllari ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi, xususiyat, harakat-holatlarni uch shaxsdan biriga qarashliligini bildiradi: -(i)m, -(i)ng, -(s)i; -(i)miz, -(i)ngiz, -(lar)i.

Kelishik shakllari ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘laydi va doimo tobe so‘z tarkibida bo‘ladi: -ning, -ni, -ga(-ka, -qa), -da, -dan.

Kesim ega bilan shaxs va sonda mos bo‘ladi. Kesim ot kesim bo‘lganda uni egaga xoslovchi, ega bilan munosabatini ko‘rsatuvchi shakllarga ismlarni kesimga xoslovchi shakllari deyiladi. Bu shakllarga quyidagilar kiritiladi:

1)    -man, -san, -miz, -siz shaxs-son shakllari – Men shoirman. Sen chiroylisan. Biz to‘rttamiz. Siz endi talabasiz;

2)    -dir kesimlik shakli – Yer xazinadir;

3)    bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq bog‘lamalari – Mehnatning noni shirin bo‘ladi;

4)    edi, ekan, emish, emas to‘liqsiz fe’llari – U shoir edi. Men undan ancha kichik edim. Ular to‘rtta ekan. Bu yaxshi emas.

5)    kerak, zarur, shart, lozim, darkor, mumkin nisbiy so‘zlari – U buni unutmasligi kerak. Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Band – qism – bob – bo‘lim
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor-hajmning ko‘plik darajasiga ko‘ra)

2. Indamas – pismiq – ming‘aymas – damdo‘z
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik buyog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

3. Rota – qism – dviziya – qo‘shin – armiya
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Taqdir – qismat – yozmish – peshana – nasib(a) – ko‘rgilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.