Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ot}
So‘z bo‘g‘inlari: ot
Izoh(lar)i:
ot fl

1. 1. Ko‘lni siltab yoki qulochkashlab, qo‘lidagi narsani uzoqqa yoki mo‘ljalga irg‘itmoq, uloqtirmoq. Tosh otmoq. Granat otmoq. Ko‘pga kesak otma. Matal
Yormat pichoqni sug‘urib olib, uzoqqa otdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Tashlamoq, irg‘itib yubormoq. Tantiboyvachcha ko‘rpachaga bemalol o‘tirib, do‘ppisini bir chekkaga otdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Shiddat bilan biror tomonga, joyga tashlamoq yoki tashlanmoq, otilmoq. Gulnor hushsizlangan kabi, boshini onaning tizzasiga otdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bolakay, yastanib yotgan poyonsiz lolazordan yugurib kelib, o‘zini uning quchog‘iga otdi. Sharq yulduzi

4. 4. Ko‘tarib yerga urmoq, yiqitmoq (kurashda). U [Siddiqjon] hozir kurashda raqibini yonboshga olib otgan. A. Qahhor, Qo‘sh-chinor chiroqlari
Qo‘tosni otmadi, zo‘r bilan uni maydonning chetiga — qattiq yerga sudradi. A. Qahhor, Sarob

5. s. t. t. Chekmoq; tortmoq. Chori ota barmoqlari titrab, nos otdi. S. Nurov, Narvon
Shu vaqtda kimdir, burnaki otgandek, qayta-qayta apshurdi. Oybek, Navoiy

6. 6. Tortmoq, ichmoq (ichimlik haqida). Esonboy chorpoyaga chiqib, u bilan yonma-yon o‘tirganda, chol jinday otib olganini sezdi. Yoshlik

7. ko‘chma kam qo‘ll. ll. Uloqtirib tashlamoq, tark etmoq, yig‘ishtirmoq. Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot! Ergash Jumanbulbul o‘g‘li

8. ko‘chma hma Chiqarmoq, yozmoq, yoymoq (asosan o‘simlik haqida). Chechak otmoq. Palak otmoq. Kurtak otmoq. Hademay karnay-gullar, juda hafsala bilan chiroyli qilib tortilgan iplarga chirmashib, katta-katta yaproqlar otdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Zilol suvli sharshara yonida ikki bahaybat chinor, Bobur zamonidan guvohlik berib, shox otib turibdi. H. Hasanov, Ekvatordan o‘tganda

9. 9. Biror qurol vositasida o‘q, tosh, snaryad va shu kabilar uzmoq. Sopqon otmoq. Kamalak otmoq. Minomyot(dan) otmoq. Otgan o‘q qaytmas. Maqol
Yotib qolguncha, otib qol. Maqol
Tanklarimiz dushmanning oldingi okoplaridan o‘tib, tankka qarshi otadigan batareyani to‘pga tuta boshladi. A. Qahhor, Oltin yulduz

10. 10. Otish quroli vositasida urib shikastlamoq yoki o‘ldirmoq. O‘rdak otmoq. Quyon otmoq. [Yo‘lchi] Tishini qisirlatib dedi: — To‘pning og‘ziga qo‘yib, otib yuboringlar meni, qonxo‘rlar! Oybek, Tanlangan asarlar
Ba’zan qiziqsinib, biz ham kaptar otib ko‘rmoqchi bo‘lardik. Shukrullo, Saylanma

11. 11. Kuch bilan itarib, itqitib chiqarmoq; uchirib yubormoq. Shisha probkasini otib yubordi. Vulqon yuz tonnalab olovlangan tog‘ jinslarini havoga otdi. Suv dam oqizib ketadi, dam chetga otadi. S. Ahmad, Ufq

12. ko‘chma chma Qo‘ymoq, tashlamoq. Shior otmoq. Masalani o‘rtaga otmok- Dastlab bu gapni dadangiz o‘zlari o‘rtaga otdilar. Oybek, Tanlangan asarlar

13. 13. Uchmoq, sirg‘anmoq. Yaxmalak otmoq. Konki otmoq Mening yoshligimda birga oshiq o‘ynab, yaxmalak otib o‘sgan bir og‘aynim bor. Shukrullo, Saylanma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nom [f-t]

1. ot I Fe’l
irg‘it, uloqtir; o‘q uzmoq, o‘q bilan o‘ldirmoq

2. ot II Ot
ism, nom, shuhrat, dong; grammatika termini. Predmetlik ma’nosini anglatuvchi so‘zlar turkumi

3. ot III Ot
yakka tuyoqli ish-ulov uy hayvoni

Paronimi: mavjud emas.

Chastotali lug‘atda so‘zning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beriladi. I.A.Kissen muallifligida chop etilgan «Slovar naiboleye upotrebitelnix slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika» (Toshkent, 1970) lug‘ati chastotali lug‘at, unda so‘zning ma’lum bir tanlangan manbada necha marta uchraganligi va qo‘llanishi ko‘rsatilgan.

«Devonu lug‘oti-t-turk»(“Turkiy so‘zlar devoni”)Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Bu asarda XI asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda va G‘arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug‘ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, jo‘g‘rofiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. O‘zbek tilshunosligi faniKoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari bilan boshlanadi. Asarning Namangan, Vena va Qohira nusxalari mavjud.

Asar haqida ilk ma’lumot bergan kishi fransuz sharqshunosi J.Amadi edi. Kitobning 1439-yilda Hirotda uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan bir nusxasiqator sarguzashtlar bilan Istanbulga kelib qoladi. Bu asar ilk marta 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. 319 sahifadan iborat bu asar hozir Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa “Devonu lug‘otit turk” yozilgandan 200 yil keyin (1266-yilda) kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotih al-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko‘chirilgan. Yevropalik kitob jalloblari qo‘liga o‘tib, Vena saroy kutubxonasiga tushadi. Qohira nusxasi 1896- yilda Qohirada, Namangan nusxasi 1913- yilda Namanganda topilgan.

«Devonu lug‘otit turk»uch tomdan iborat, 1915–17-yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan. Shu nashr asosida K.Brokkelman bu asarni 1928-yilda nemischa tarjimada nashr qildi. 1939- yilda Anqarada Basim Atalay tarjimasida turk tilida bosildi. Olim S.Mutallibov devon tarjimasi ustida samarali ishlab, 1960–63-yillar davomida uch tomda o‘zbek tilida nashr qildi.

  Koshg‘ariyning asari kirish va lug‘at qismidan iborat. Kirish qismida muallif «Devon»ning yaratilish sabablari, o‘z ish uslubi, asarning tuzilishi, turkcha so‘zlarning tuzilishida qo‘llaniladigan harflar haqida, kitobda aytilgan va aytilmagan narsalar haqida, turkiy tabaqalar va qabilalarning bayoni, turk tilining xususiyatlari, tilda va lahjalarda bo‘ladigan farqlar haqida fikr yuritadi. Har bir so‘zning ma’nolari (polisemiya, omonim, antonim, arxaik so‘zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so‘zlarning etimologiyasi beriladi. Tovushlar tahlili ancha mukammal. Unli va undosh fonemalar, cho‘ziq va qisqa unlilar farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonunuyatlar ochib beriladi. Morfologiya qismida so‘zlar arab tilshunosligi an’analariga ko‘ra uchga ajratiladi: fe’l, ism, bog‘lovchi. So‘zlarning yasalish va bog‘lanish xususiyatlari ko‘rsatiladi.

  Asarning lug‘at qismida 7500 so‘z sakkiz bo‘limda izohlanadi. Koshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo‘lib qoldi.

1926yil 10iyunda O‘zbekiston Sovetlar Ijroiya Komiteti lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Qarorga asosan «Yangi o‘zbek alifbosini joriy qilish qo‘mitasi» tuzilib, unga Y.Oxunboboyev rais, A.Ikromov, F.Xo‘jayev, Elbek, Majidiy, Fitrat va boshqalar a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928 yil mart oyidagi III sessiyasi lotin alifbosini joriy qilishni ko‘rib chiqib, uni davlat alifbosi deb qaror qabul qildi. Sobiq Sho‘ro Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi bu Qarorni 1929 yil 7 avgust kuni maxsus qarori bilan ma’qulladi. 1929yil may oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyida 9 unli shakli olingan bo‘lsa-da, 1934yil mart oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyi 6 unlining harf shaklini belgiladi. 1993 yil 2 sentabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 1995 yil 6–7- mayda Oliy Kengash bu alifboga ma’lum o‘zgarish kiritdi va shu yil 24- avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash» haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga Respublika Prezidenti imzo chekdi. 1996–1997 o‘quv yilidan maktabning 1sinfi yangi alifboni o‘rgana boshladi. Yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish 2005 yil 1sentabrda tugallanishi ko‘rsatilgan. Keyinchalik bu 2010- yilgacha uzaytirildi. O‘zbekiston Respublikasining rus (kirillitsa) alifbosidan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishida dunyo fani va texnikasiga yaqinlashish, o‘zbek tilining nozik xususiyatini to‘laroq ifodalash asosiy maqsad qilib qo‘yildi.

 

         Ot mustaqil so‘z turkumlari sirasida fe’ldan keyin 2-o‘rinda turadi.Shaxs/predmet/hodisa/joy nomini bildiradigan so‘z – ot.

Ma’noviy xususiyati: odam, o‘quvchi, ishchi so‘zishaxsni, maysa, kitob, ildiz, bulut so‘zi predmetni, bahs, kengash, avariya, inversiya, gurung, istilo, raqobat, qo‘zg‘olon, surgun, bayram, urush, janjal, to‘fonso‘zi hodisani, qishloq, shahar, ovul, maktab so‘zi joyni bildiradi.

Ot kim, nima, qayer so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Gap tarkibida qandayso‘rog‘ini ham oladi: asfalt yo‘l, tilla sirg‘a kabi. Bunda narsaning ishlanish materialini bildirib sifat xarakterida bo‘ladi. Joy nomi nima so‘rog‘iga ham javob bo‘lishi mumkin: shahar (nima).

Grammatik shakl olishi bilan so‘rog‘i ham o‘zgaradi: uydagi (qayerdagi), Qarshidagi (qaysi). Bu otning o‘ziga xos so‘rog‘i emas.

Morfologik belgisi. Ot yasaladi (temirchi, quvonch), turlanadi (kitobni, kitobning…, kitobim, kitobing….), kesim vazifasida kelganda tuslanadi (o‘quvchiman, o‘quvchisan, o‘quvchi, o‘quvchi edim…). Ot egalik, kelishik kabi munosabat shakllariga, son, kichraytirish, erkalash kabi lug‘aviy shakllarga ega: kitoblar, kitobcha, bolajon, otaxon va hokazo. Kelishik, egalik, kesimlik, qarashlilik, o‘rin va payt belgisi, chegara shakli boshqa mustaqil turkumga ham xos. Lekin ot ularga ko‘proq xoslangan.

Sintaktik belgisi.Ot barcha mustaqil so‘z turkumi, hatto taqlid, otlashgan undov va modal bilan ham sintaktik aloqaga kirishadi. Ot so‘z birikmasida ergash so‘z (kitobni o‘qimoq), bosh so‘z (qiziq kitob) bo‘lib keladi. Ot gapda barcha sintaktik vazifalarda kela oladi: ega: Kitob bilim manbaidir; ot-kesim: Kasbim – o‘qituvchi; to‘ldiruvchi: Kitobni asrang; aniqlovchi: Taxta ko‘prikning eskirishi…; hol: Qarshida yashaydi; Undalma: Kuyla, dilkash dutorim.

Ot yasalishi. Ot ikki usul bilan yasaladi:

1. Qo‘shimcha qo‘shish. Qo‘shimcha qo‘shish bilan quyidagi ot hosil bo‘ladi: a) shaxs oti; b) narsa-buyum oti; v) o‘rin-joy oti; g) mavhum ot; d) harakat-holat oti.

Bu usulbilan ot quyidagi so‘z turkumidan yasalishi mumkin: Otdan: qalamdon, gulzor, O‘zbekiston, toshloq, odamgarchilik; Ravishdan: tezlik, sekinlik, ko‘pchilik, ozchilik; Sifatdan: yaxshilik, yomonlik, pishiqchilik, namgarchilik. Sondan: birlik, to‘rtlik. Taqliddan: qahqaha, sharshara, chirildoq, hiqildoq, qarsak. Undovdan: uraurachilik, haybarakallachi. Fe’ldan: yog‘in, o‘roq, taroq, kurak, elak. Modaldan: borliq, yo‘qchilik, yo‘qlik. Olmoshdan: o‘zlik.

 

Qo‘shimcha qo‘shish orqali ot yasalishi:

qo‘shimcha

xususiyati

yasalma

asos

a(i):

 

qahqaha, sharshara, g‘arg‘ara, jizza, do‘mbira, dag‘dag‘a, bo‘za, quyqa, yara (yora)

taqlid, sifat, fe’l

a(ii):

 

(forsiy) xaroba, vayrona

sifat

ak:

 

bizbizak, pirpirak, guldirak, varrak, qarsak, xurrak

taqlid

archilik:

unumsiz

ocharchilik

sifat

at:

 

ko‘chat, o‘lat,ko‘kat

fe’l, sifat

bin:

 

folbin

ot

bon:

 

darvozabon, soyabon, tarozibon, xazinabon

ot

boz:

 

masxaraboz, qimorboz, dorboz

ot

voy:

unumsiz

novvoy (nonvoy)

ot

vchi//uvchi:

 

o‘quvchi, yozuvchi, uchuvchi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi

fe’l

gar//kar:

 

zargar, savdogar, da’vogar, miskar

ot

garchilik:

 

yog‘ingarchilik, odamgarchilik,namgarchilik, xafagarchilik, xunobgarchilik, sharmandagarchilik

ot, sifat

gi//ki//

qi//g‘i//g‘u:

 

sezgi, sevgi, supurgi, kulgu, turtki

sanchqi, tomizg‘i, tuyg‘u.

 

fe’l

gir:

 

jahongir, fazogir

ot

gach//kich// qich//g‘ich:

 

kulgich, o‘tkazgich, ko‘rsatkich, yoritqich, tutqich, ochqich, to‘g‘nag‘ich, chizg‘ich, o‘chirg‘ich

fe’l

gin//qin// kin//gun// qun:

 

tizgin, surgun, to‘lqin, to‘sqin, quvg‘in, yong‘in, uchqun

fe’l

goh:

 

oromgoh, saylgoh, sayrgoh, qarorgoh, ziyoratgoh, bazmgoh

ot

go‘y:

 

kalimago‘y, maslahatgo‘y

ot

dak//doq:

 

yugurdak, kekirdak, qovurdoq, qo‘ndoq

fe’l

diq//dik:

 

o‘rindiq,qoldiq, topildiq, hordiq

ot, fe’l

don:

 

guldon, kuldon, qalamdon

ot

dor:

 

muhrdor, chorvador

ot

dosh:

 

sinfdosh, kursdosh, maslakdosh

ot

do‘z:

 

etikdo‘z, mahsido‘z, kashtado‘z

ot

zor:

 

olmazor, gulzor, olchazor

ot

ik:

 

ko‘rik, teshik (ot va sifat), kekirik,bilik, bitik, ko‘pik

fe’l, ravish

ildoq:

 

hiqildoq, chirildoq

taqlid

imlik:

 

o‘simlik, ichimlik

fe’l

in//un:

 

yig‘in, yog‘in, ekin, tiqin, tugun, tutun

fe’l

indi// undi//ndi:

 

chiqindi, yuvundi, chirindi, cho‘kindi, kuyundi, yig‘indi

fe’l

iston:

 

guliston, go‘riston, o‘zbekiston

ot

it:

unumsiz

chiqit

fe’l

ich:

 

cho‘mich, cho‘kich, o‘pich, bog‘ich

fe’l

ish:

 

qarg‘ish

fe’l

iq//uq:

 

chaqiriq, kesatiq, yutqiziq, chopiq, yutuq,buyruq.

 

fe’l

k:

 

ko‘rk, elak, tilak, kurak, bezak, to‘shak

fe’l

kash:

 

aravakash, qalamkash, suratkash

ot

kilik// gilik:

unumsiz

 

ichkilik, ko‘rgilik

fe’l

kor:

 

ganchkor, paxtakor, sholikor, san’atkor

ot

kov:

 

go‘rkov

ot

lik//liq:

 

bolalik, vaqtichog‘lik, do‘stlik, boshliq,yaxshilik, ezgulik, yomonlik, saxiylik, birlik, to‘rtlik, o‘zlik, tezlik, sekinlik, birgalik, borliq, yo‘qlik

ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal,

loq:

 

o‘tloq, qumloq, toshloq

ot

m//im//um:

 

to‘plam, ho‘plam, chidam, tishlam, kechirim, qo‘nim, terim, chiqim, bitim, bosim, unum, tuzum,qultum

fe’l, taqlid

ma:

 

surma, o‘sma, tortma

fe’l

mak//moq:

 

emak, ilmoq, chaqmoq, topishmoq

fe’l

machoq:

 

bekinmachoq, quvlashmachoq

fe’l

mish:

 

o‘tmish, kechmish, qilmish.

fe’l

movchilik:

 

anglashilmovchilik, kelishmovchilik, yetishmovchilik

fe’l

noma:

affiksoid

taklifnoma, tabriknoma, pandnoma

ot

navis:

 

tarixnavis, voqeanavis, romannavis

ot

on:

 

qiron, to‘zon

fe’l

os:

 

uvvos, chuvvos

taqlid

ot//at:

arabcha

ma’lumot, mushkulot, xarobot, she’riyat, madaniyat, majburiyat

sifat

paz:

 

oshpaz, kabobpaz, somsapaz

ot

soz:

 

soatsoz, kemasoz

ot

furush:

 

baliqfurush, nosfurush

ot

xon:

 

kitobxon, she’rxon

ot

xona:

affiksoid

darsxona, mehmonxona, ishxona, yotoqxona

ot

xo‘r:

 

merosxo‘r

ot

ch//j//inch:

 

sevinch, quvonch, yupanch, ilinj, qo‘rqinch

fe’l

chak//choq:

 

belanchak, emchak, ovunchoq, taqinchoq,o‘yinchoq

fe’l, ot

chi:

 

ishchi, temirchi, terimchi, gulchi, bosqinchi, qiziqchi, suyunchi, tilanchi, tomchi, haybarakallachi

ot, sifat, fe’l, undov

chilik:

 

hunarmandchilik, o‘zbekchilik, dehqonchilik,pishiqchilik, arzonchilik, ko‘pchilik, ozchilik

ot, sifat, ravish

chiq:

 

suyanchiq, yopinchiq

fe’l

shunos:

 

tilshunos, tabiatshunos, uslubshunos

ot

q//oq:

 

charchoq, taroq, qayroq, qiynoq. tirnoq, so‘roq, suvoq, bo‘yoq, o‘roq, yotoq

fe’l

ham:

 

hamqishloq, hamshahar, hamyurt

ot

 

2. So‘zga so‘z qo‘shib ot yasash. Bu usul bilan qo‘shma othosil qilinadi.

Qo‘shma ot. Qo‘shma ot quyidagi tur qoliplar asosida yasaladi:

Ot+ot: jo‘raboshi, zaharxanda, ishtonbog‘, karvonsaroy, karvonboshi, kinodramaturgiya, kinolenta, ko‘zmunchoq, lolaqizg‘aldoq, makkajo‘xori, namozshomgul, oshqozon, otquloq, oshqovoq, piyozdog‘, sochpopuk, toshbo‘ron, tilxat, tomorqa, toshbaqa, tog‘olcha, tuyaqush, tuyatovon, xontaxta, xo‘rozqand, shakarqamish, shamchiroq, shaftoliqoqi, yurtboshi, qo‘ziqorin, qo‘ypechak, ajdargul, ayiqtovon, atirgul, arpabodiyon, baqaterak, belbog‘, bilaguzuk, bo‘yinbog‘, gugurtcho‘p, gulbarg, gulbahor, gultojixo‘roz, gulbog‘, guldasta, gulqaychi, gulg‘uncha, gulhamishabahor, yer yong‘oq, joynamoz, , qo‘larra, qo‘ltiqtayoq, temiryo‘l.

Sifat+ot: ko‘ksulton, kaltakesak, Sho‘rko‘l, ko‘rsichqon, ko‘rshapalak, oqsoqol, xomtok, qoradori, boychechak.

Ot+fe’l: socho‘sar, echkiemar, ko‘zboylog‘ich, kallakesar, husnbuzar, beshiktervatar, dunyoqarash, mushtketdi, o‘rinbosar.

Son+ot: yettisuv, beshbarmoq, beshqarsak, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, qirqog‘ayni.

Son+fe’l: beshotar.

Ot+sifat: ustabuzarmon, gulbeor, oshko‘k.

Fe’l+fe’l: iskabtopar, ishlabchiqarish.

Fe’l + ot: savacho‘p.

Birikma xususiyatiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo, Janubiy Amerika, O‘zbekiston Respublikasi, Fanlar akademiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotikabi qo‘shma ot ham bor. Uning bir qismi qisqargan holda ham qo‘llanadi.

            Otlashish. Otlashish – otdan boshqa so‘zning nutq jarayonida o‘z vazifasini bajara turib, vaqtincha ot turkumi vazifasini ham zimmasiga olishi. Otlashishning 4 ta muhim belgisi bor:

  1. Otlashgan so‘z bog‘langan ot tushib qolgan bo‘ladi: Yaxshi(odam) oshini yer, yomon(odam) –boshini.
  2. Otlashgan so‘z otning shakl yasovchi qo‘shimchasini oladi: Yaxshidan adashma, yomonga yondashma.
  3. Otning so‘rog‘iga javob bo‘lishi mumkin: Intilganga(kimga?) tole yor.
  4. Otning sintaktik vazifasini bajaradi: Shakarning ozi shirin.

Sifat, son, ravish, shu uch so‘z turkumi o‘rnida qo‘llanuvchi olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, taqlid, undov va ayrim modal so‘zlar otlashish xususiyatiga ega. Chunki ular o‘zi bog‘langan otni tushirib, uning grammatik shakli va sintaktik xususiyatiga ega bo‘la oladi. Ot vazifasidagi olmosh va fe’lning harakat nomi shakli otlashmaydi. Ular – ot vazifasini bajaruvchi so‘z.

          Otning lug‘aviy shakllari. Otning lug‘aviy shakllarifaqat otlarga mansub, uning ma’nosini muayyanlashtiruvchi, aniqlashtiruvchi, toraytiruvchi kichraytirish, shaxsiy munosabat va son shakllari. Kichraytirish shakli otning hajm jihatidan, son shakli bitta yoki ko‘pligi jihatidan aniqlashtirsa, shaxsiy munosabat shakli erkalash yoki achinish kabi turli munosabatni ifodalaydi

            Son shakli. Son shakliotlarningson jihatidan bitta yoki ko‘p bo‘lishini ko‘rsatuvchi shakl. Ikki shakli mavjud: birlik va ko‘plik. Birlikdagi ot birlik va noaniq ko‘plik ma’nosini bildiradi. Maxsus shakli yo‘q. Do‘konga kitob keltirildi (bitta yoki ko‘p). Menga bitta kitob bering (birlik). Ko‘plikdagi ot noaniq ko‘plikni ifodalaydi,-lar shakli bilan hosil qilinadi: Yigitlar maktubin bitganda qondan…(A.Orip.)

Barcha ot birlikda qo‘llanishi mumkin, biroq har qanday ot ko‘plikda qo‘llana olmaydi. Shu nuqtayi nazardan otlar faqat birlikda qo‘llanadigan va birlik hamda ko‘plikda qo‘llanadigan otga bo‘linadi:

Birlik va ko‘plikda qo‘llanadigan ot.Sanoq son bilan birika oladigan ot birlikda ham ko‘plikda ham qo‘llana oladi: kitob(lar), uy(lar), og‘ayni(lar) - 10 ta kitob.

Faqat birlikda qo‘llanadigan ot-ko‘plik shaklini qabul qilmaydigan, sanoq son bilan birika olmaydigan ot. Atoqli ot (Toshkent, Mohinur, Qashqadaryo, Qarshi davlat universiteti), mavhum ot (sevinch, hasrat, tinchlik, ko‘ngil), yakka predmetlar nomi (ota, ona, yurak, bosh, til), sanalmaydigan jism nomi (tuz, qum, shakar, tuproq, suv, havo), juft predmet nomi (ko‘z, quloq, oyoq, etik, tufli) va boshqalar faqat birlikda qo‘llanadi.

Uslubiy belgilari. Ko‘plik shakli ko‘p ma’noli, atoqli otlar, mavhum otlar, sanalmaydigan otlar, asli birdan ortiq bo‘lmaydigan, shuningdek, juft predmet nomiga qo‘shilganda grammatik ko‘plik emas, nutqiy qurshov bilan bog‘liq quyidagi uslubiy ma’noni ifodalaydi:

1. Atoqli ot turdosh otga aylanib, “o‘xshashlik” (zamonamiz farhodlari, Marg‘ilonning kumushlari), yoki “yaqin shaxs to‘dasi” ma’nosini (akauka Shojalilovlar, Salimlarnikiga bordik) bildiradi.

2. Yakka predmet nomi ko‘chma (Navoiy, Bobur va Mashrab mumtoz she’riyatimizning so‘nmas quyoshlaridandir) yoki kuchaytirilgan ma’no (Quyoshlarga yetdi faryodim) ifodalaydi.

3. Sanalmaydigan predmet nomi (yog‘, suv, qum, tuproq, havo kabi) har xil tur, mo‘llik ma’nosini (yog‘lar (paxta yog‘i, zigir yog‘i, kunjut yog‘i va hokazo) bildiradi.

  1. Juft predmet nomi kuchaytirish ma’nosini (Ko‘zlari qamashib ketdi. Oyoqlari zirqirab og‘rir edi) ifodalaydi.

5. Mavhum ot kuchaytirilgan ma’no beradi: U xayollarga cho‘mib ketdi. Ahvollar yaxshimi?

-lar shakli ko‘plikdan tashqari yana quyidagi ma’noni ifodalaydi:

  1. Hurmat – bunday paytda doimo egalik shakli ishtiok etadi va ko‘plikdan oldin qo‘shiladi: ayamlar, dadamlar, tog‘amlar.
  2. Taxmin, davomiylik: kechalari, tunlari, yozlari.
  3. Kuchaytirish: Boshlarim og‘rib ketdi. Yuraklarim ezilib ketdi. Tillarim achishdi.
  4. Piching, kinoya: Tog‘alari rais ekanmi? O‘zlari ham qadam ranjida qilibdilarda?!

10. Tur-nav: unlar, suvlar.

Arabcha ko‘plikni bildiruvchi ot//at qo‘shimchasini olgan so‘z ham birlik shaklida deyiladi: nabotot, muzofot, mukofot.

Ko‘plik lar shaklisiz ham ifodalanadi:

a)  son bilan: Darsda 15 ta o‘quvchi qatnashdi. To‘rt tup olma ko‘chati o‘tqazdik.

b)  ravish bilan: Maydonda ko‘p odam yig‘ilgan edi. Ta’tilda ancha badiiy asar o‘qidim;

d)  olmosh bilan: Shuncha qalamni nima qilasiz?

e)  takroriy so‘z bilan: dastadasta gul, to‘dato‘da odam, savatsavat non, qopqop bug‘doy;

f)  matn orqali: Bog‘bonlar bog‘iga ko‘chat o‘tqazishyapti. Zayniddin davrako‘rgan odam.

Bunday ot baribir birlik shaklda deyiladi.

Yuqoridagilar asosida ko‘plik ma’nosining ifodalanish usulini quyidagicha tartiblash mumkin: 1) morfologik usul: kitoblar, uylar; 2) sintaktik usul: ancha odam, bir qancha kitob; 3) leksik usul: armiya, xalq, olomon, guruh, to‘da, dasta; 4) so‘zni juftlash usuli: qop-qop, dasta-dasta; 5) leksik-morfologik usul: ancha kitoblar.

Yuqoridagilardan tashqari yana ot turkumiga xos lug‘aviy shakllar mavjud. Ular:

1. Qarashlilik shakliniki: meniki, seniki, bizniki, maktabniki, Rustamniki. Ko‘pincha otkesim tarkibida bo‘ladi: Kitob Salimniki. Egalik, kelishik qo‘shimchasini olib to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo‘lib keladi: Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga. Biznikining toychog‘i bor. Tog‘asinikini so‘rabso‘rab topdi. Qizinikiga ketdi.

2.O‘rin va payt belgisi shakli dagi: uydagi, ko‘chadagi, mendagi, sendagi. Bu qo‘shimcha predmethodisaning belgisini bildirib, odatda sifatlovchianiqlovchi bo‘lib keladi: Uydagi kompyuter boshqachada, istagan vaqtda ishlayverasiz. Otlashsa, otning sintaktik vazifalarini bajaradi: Majlisdagilar ketishdimi?

Ayrim darslikda -day/dek shaklini sifat yasovchi sifatida qarashadi. Bu aslida qo‘shimchaga aylangan tekko‘makchisi. gacha//kacha//qachashakli tarkibidagi -cha ham aslida chayin ko‘makchisining qisqargan shakli. Ular qadimgi turkiy tilda bilan, kabi, uchun ko‘makchisi bilan teng huquqli bo‘lgan.

3. Chegara shakligacha//kacha//qacha: uygacha, parkkacha, qishloqqacha. U otlashgan so‘z, olmosh, ravish, son va fe’lning ikki vazifa shakliga ham qo‘shila oladi. Zamon va makon, ba’zan turli predmet bilan bog‘liq chegarani anglatib, payt va o‘rin holi, to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Markazgacha piyoda borishdi. Haligacha daragi yo‘q. Ko‘rgazmali qurol, bo‘r, hatto lattagacha tayyorlab qo‘yildi.

4. O‘xshatish shaklidek//day: sherdek, kaftdek, kiyikdek. Muzdek suv, qitday dorikabida yangi ma’noli so‘zga aylangan. Predmethodisa va ishharakatning belgisini bildirib, sifatlovchianiqlovchi, hol, otkesim bo‘lib keladi: Peshonasida no‘xatdek g‘urra bor edi. U onasiga xuddi yosh boladek erkalanar edi. Boshi xumday edi.

dagi, niki, gacha kabi affiks tarixan 2 ta qismdan tashkil topgan bo‘lsada, hozir yaxlit murakkab qo‘shimcha hisoblanadi.

            Otning ma’noviy guruhlari. Ot ma’no jihatidan, dastlab atoqli va turdoshga bo‘linadi.

Atoqli ot. Bir turdagi shaxs, predmet, hodisa, joydan biriga atab qo‘yilgan ot - atoqli ot: Alisher, Qarshi, Mustaqillik kuni. Atoqli otlar ma’nosiga ko‘ra o‘z ichida shaxs oti (kim so‘rog‘iga javob bo‘ladi), joy oti (qayer so‘rog‘iga javob bo‘ladi) va narsa otiga (nima so‘rog‘iga javob bo‘ladi) bo‘linadi.

1. Atoqli shaxs oti (kishi ismi, familiyasi, taxallusi): Oybek, Sitora, Xudoyberdiyeva.

  1. Atoqli joy oti: a) geografik nomlar: Qashqadaryo, Boltiqbo‘yi, Kavkazorti, O‘zbekiston, Hisor, Kavkaz; b) tashkilot nomlari: Qarshi davlat universiteti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, "Rohat" kichik korxonasi.

3. Atoqli narsa oti: a) osmon jismi nomi: Zuhal, Mirrix, Yupiter; b) gazeta, jurnal, darslik, asar nomi: "Nasaf", "Yoshlik", "O‘tgan kunlar", “Ona tili”; d) suv havzasi va inshooti nomi: Chimqo‘rg‘on suv ombori, Hisor tog‘i; e) tarixiy sana va bayram nomi: Ramazon hayiti, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Mustaqillik kuni; f) hayvon nomi: Boychibor, Yo‘lbars, Olapar.

Uslubiy belgilari. Atoqli ot, odatda, ko‘plik qo‘shimchasini olmaydi. Atoqli otga qo‘shilgan -lar shakli quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: a) “bir turdagi shaxs/joy” ma’nosi: To‘yga Zulfiyalar ham keldi(Zulfiya hamda yaqinlari); b) “o‘xshashlik”: Farhodlar keldi kanal qazmoqqa (Farhod emas, o‘xshashlari).

Atoqli ot belgisiz qo‘llanmaydi: Mohinurning qo‘g‘irchog‘i, Dildorani kutmoq.

Atoqli otning katta qismi turdosh otdan, bir qismi boshqa turkumdan o‘tgan: a) turdosh otdan:Asal, Arslon, Ra’no, Rayhon, Anor, Lola; b) sifatdan:Shirin, Buyuk, Tuyg‘un, Aziza, Ulug‘; d) sondan:Yetmishboy, Sakson, To‘qson; e) ravishdan:Bultur; f) olmoshdan: Kimsanboy; g) fe’ldan: Tursun, Turdi, O‘lmas, Sotiboldi, Unsin.

Rentgen, xosiyatxon, amper, makintosh, muslimkakabi so‘z kashf etgan shaxs nomidan turdosh otga o‘tgan.

  1. Atoqli otlarbosh harf bilan yoziladi. (q. Bosh harflar imlosi).

Turdosh ot. Bir turdagi shaxs, predmet, hodisa, joyning umumiy nomini bildiruvchi ot – turdoshot. Otning asosiy qismi turdosh hisoblanadi: suv, havo, osmon, qalam, daftar, shamol, yong‘in.

Turdosh ot lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra4 ga bo‘linadi: a) shaxs oti: kishi, odam, jin, , ishchi, o‘quvchi; b) narsa oti: paqir, daraxt; d) o‘rin-joy oti: uy, dorixona, maktab, oshyon; e) faoliyat/jarayon oti: ezmalik, g‘allachilik, serobgarchilik, chaquv, terim, umum, mehribonlik, yoshlik, tanlov, chopiq, loygarchilik, chorvachilik.

Turdosh ot grammatik ma’nosiga ko‘ra uchga bo‘linadi:

1) bevosita kuzatish mumkin/mumkin bo‘lmagan narsa nomini bildirishiga ko‘ra:a) aniq otifodalagan narsani sezgi a’zosi bilan sezish mumkin: daraxt, kishi, ovoz, rang; b) mavhum otifodalagan narsani sezgi a’zosi bilan sezish mumkin emas: sevgi, oqim, tuyg‘u, yaxshilik, pishiqchilik, gina, gumon, did, ibo, istehzo, mung, rashk, rohat, taskin.

Aniq otga ko‘plik shakli qo‘shilib, sof ko‘plik ma’nosini namoyon qila oladi.

2) bir turga kiruvchi bitta predmetning yoki predmetlar to‘dasining nomini bildirishiga ko‘ra: a) yakka otbir turga kiruvchi bitta predmetning nomini bildiradi: barg, qalam, terak, yaylov; b) jamlovchi ot predmet to‘dasining nomini bildiradi: armiya, qo‘shin, lashkar, xalq, ulus, el, jamoa, poda, uyur, suruv, komanda, guruh.

3) sanalishsanalmasligiga ko‘ra:a) sanaladigan narsa oti: daftar, qalam, daryo, tosh; b) sanalmaydigan narsa oti: havo, suv, bug‘, yog‘, qum.

          Boshqa turkum so‘zlarining otga ko‘chishi. Ot boshqa so‘zlardan predmetni nomlashi kim?, nima?, qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lishi bilan farqlanadi. Ba’zan otdan boshqa so‘zlar ham otga xos belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hodisa – otga ko‘chish. Quyidagi so‘zlar otga ko‘chgan:

a) sifat: yigit, qiz, o‘g‘il, yosh, qari, er, xotin, ko‘r, issiq-sovuq(issiq-sovug‘idan xabar olmoq), achchiqchuchuk, yosh-u qari, ko‘k(“osmon”, “nasha”, “dollar”) (siyoh so‘zi ham aslida sifatdan ko‘chgan);

b) fe’l: yel, shish, yuq, ich, ko‘ch, qir, chaqirdi, chorladi, ko‘rdi, keldiketdi, qo‘ydichiqdi, oldiberdi, oldisotdi; mindimindi(bolalar o‘yinining nomi), bordi-keldi, keldi-ketdi, oldi-berdi, ur-yiqit, ursur, baqirchaqir, yasantusan, supursidir, yuguryugur, yig‘di-yig‘di (gap), kuydipishdi (ayol), iliguzildi (vaqt), supraqoqdi (farzand, ya’ni so‘nggi farzand) kabi sodda, qo‘shma, juft va takroriy fe’l;

d) fe’lning harakat nomi shakli: kengash, kurash, o‘qish, yozish, o‘tmish, qilmish, qidiruv, o‘ynash, saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov, tanlov, tintuv, maqtov, tergov, to‘lov, o‘quv, chanqov, qalov, qarov, to‘ntarish, o‘zgarish, qiziqish, o‘qish, o‘tirish, qarash (ruscha vzglyad), muyulish//burilish, burilish ("o‘zgarish" ma’nosida), yozuvchizuv, yurishturish, borishkelish, bosartusar, ko‘rolmaslik, kiraverish;

e) fe’lning sifatdosh shakli: o‘qituvchi, bog‘lovchi, kuzatuvchi;

f) son: uch, yetti, yigirma, qirq, to‘qqizto‘qqiz;

g) taqlid: ququ (qush), dudut (yengil mashina), popop (asli: poppop, tikuv mashinasi), tutu (tovuq), patpat (mototsikl), shapshap (magazkushak), shaqshaq, jiz (taom nomi).

  Otning tuzilishiga ko‘ra turlari. Ot tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takroriy va qisqartma otga bo‘linadi.

Sodda ot. Bir asosdan tashkil topadi: ishchi, kitob. Sodda otlar tub va yasama bo‘lishi mumkin. Tarkibida yasovchi qo‘shimcha bo‘lmagan ot tub otdir: ish, ishning, kitoblar. Tarkibida yasovchi ishtirok etgan ot yasama otdir: ishchi, kitobxon.

Qo‘shma ot. Birdan ortiq mustaqil asosning birikib, yangi ma’no ifodalashidan qo‘shma ot hosil bo‘ladi: o‘rinbosar, iskabtopar, Markaziy Osiyo. Qo‘shma otlar yasama so‘z, asosan, qo‘shib yoziladi.

Juft ot - ikki otning o‘zaro birikib, umumlashgan ma’no ifodalovchi turi. Juftot ma’nodosh (o‘y-xayol), ma’nosi yaqin, uyadosh (to‘y-tomosha, do‘st-yor, chang-to‘zon, ona-bola, aka-uka), zid ma’noli (do‘st-dushman, shoh-gado), butun-bo‘lak munosabatida (tog‘-tosh, gap-so‘z, yer-joy), tur-jins munosabatida (qo‘y-qo‘zi, ot-ulov) bo‘lishi mumkin. Juft ot turkum jihatidan ot (ona-bola), sifat (achchiq-chuchuk, oq-qora, eski-tuski), taqlid so‘z (jiz-biz), ravish (kam-ko‘st), fe’l (keldi-ketdi, oldi-berdi)ga mansub bo‘ladi.

Juft ot qismining yakka ishlatilishi/ishlatilmasligiga ko‘ra uchga bo‘linadi:

1. Har ikki qismi yakka ishlatiladigan juft ot quyidagicha: a) qismi o‘zaro ma’nodosh so‘z: rangqut, rahmshafqat, rohatfarog‘at; sehrjodu; tagtub, talontaroj, tuznamak; ta’riftavsif; urushjanjal, urug‘aymoq, urfodat; fisqfasod, fahmfarosat; xayrehson, xayrbaraka, xayrsaxovat, xavfxatar, xeshaqrabo, xulqatvor; changg‘ubor, cho‘lbiyobon; shovqinsuron, shakshubha, sharafshon//shonsharaf, sharmhayo, shonshuhrat, shonshavkat; eshush, elulus; yuzbet; yarog‘aslaha; o‘tolov, o‘chadovat, o‘to‘lan; azobuqubat, azm-u qaror, ayshishrat, alamhasrat, amrfarmon, asbobuskuna, atroftevarak//tevarakatrof, aftbashara, aqlzakovat, aqlidrok, aqlhush; baxtsaodat, bog‘-u bo‘ston, va’znasihat; gapgashtak, gardg‘ubor; yo‘lyo‘riq; kayfsafo, kibrhavo; lutf-u karam, lutfmarhamat, lutfehson; mazata’m, makrhiyla, molmulk, murodmaqsad; nazarpisand, naslnasab, nolafig‘on; ornomus, osmon-u falak, oshnaog‘ayni, oziqovqat; pandnasihat, pando‘git; qavmqarindosh, qaddiqomat, qahrg‘azab, qurolaslaha; g‘amhasrat, g‘amg‘ussa; histuyg‘u, hazilmutoyiba, huzurhalovat; doridarmon, diqqate’tibor, davrdavron, dashtbiyobon; jabrzulm, jabrsitam; zebziynat, ziyonzahmat, zavqshavq; ilmfan, inonixtiyor, izzathurmat, izzatikrom, izmixtiyor, ishqmuhabbat; b) qismi o‘zaro zid ma’noli so‘z: avraastar, achchiqchuchuk; bordikeldi (fe’ldan ko‘chgan), boshoyoq; do‘stdushman; yerosmon, yerko‘k; ko‘ylakishton; salomalik; shoh-u gado; d) qismi uyadosh so‘z: changto‘zon; shahdshakar; egarjabduq, evarachevara, elyurt; yuzxotir, yuzqo‘l//qo‘lyuz; yarachaqa; o‘qyoy, o‘qdori, o‘yinkulgi, o‘limyitim; qaziqarta, qovoqtumshuq, quloqmiya, qurtqumursqa, qizjuvon, qo‘yqo‘zi; harbzarb, hisobkitob, holjon, ariqzovur; baxttaxt, baqirchaqir, bojxiroj, boshko‘z; go‘shtyog‘//yog‘go‘sht, izohlovchiizohlanmish munosabatida: generalmayor, generalpolkovnik; daladasht, durjavohir, dard-u balo, devalvasti, domlaimom; yemxashak, yetimyesir, yersuv; jon-u dil, jonjahd; zaharzaqqum; idishtovoq, ilmma’rifat, ishharakat, ignaip; kallapocha, kasbkor, ko‘rpato‘shak, ko‘rpayostiq, karnaysurnay, lablunj, molhol, munkarnakir, mushkanbar; nevarachevara, nomnishon, nontuz, nonnasiba, otabobo, otulov, orzuhavas; sa’yharakat, sovg‘asalom; tojtaxt, toshtarozi, tashviqottarg‘ibot, tishtirnoq; uyro‘zg‘or, uryiqit, ursur, ustbosh, fikrzikr; xasxashak, xatsavod, xorxas, xotinqiz, ot-ulov; e) qismi o‘zaro butun-bo‘lak ma’noli so‘z: tog‘-tosh, gap-so‘z, vaqt-soat, hovli-joy.

2. Qismidan biri yakka ishlatilmaydigan juft ot: idishoyoq, yig‘isig‘i, kiyimkechak, ko‘chko‘ron, kamko‘st, ko‘chakuy, lattaputta, mazamatra, murosamadora, mevacheva, narxnavo, pardozandoz, rizqro‘z, temirtersak, to‘sto‘polon, fe’latvor, xotinxalaj, shoxshabba, ekintikin, enkatinka, yasantusan, qo‘niqo‘shni, qirg‘inbarot, qudaanda, qandqurs, qiyomatqoyim, g‘alag‘ovur, hayotmamot, aldamqaldam, bozoro‘char, bolabaqra, bog‘rog‘, bo‘ybast, bosartusar, vajkorson, dovdaraxt, dabdabaas’asa, dovdastgoh, yog‘insochin, irimchirim//irimsirim, nonpon, qo‘ypo‘y, paxtamaxta, bug‘doymug‘doy, toshposh.

3. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydigan juft ot: ya’jujma’juj, qalang‘iqasang‘i, g‘idibidi, adibadi, ashqoldashqol, zerzabar, ikirchikir, lashlush, lommim, sharabara, shikastrext.

Takroriy ot -bir otning takror qo‘llanib, bir urg‘u bilan aytilishi. Ko‘p ot takror qo‘llanganda yangi ma’no ifodalab, boshqa turkumga ko‘chishi kuzatiladi: ravishga:qop-qop, takror-takror, gul-gul, es-es; sifatga:yo‘l-yo‘l. Shuningdek, boshqa turkum so‘zlari takror qo‘llanib otga ko‘chishi ham mumkin: dedidedi, mindimindi, ko‘tarko‘tar, yuguryugur, chopachop. Ayrim takroriy ot yasama so‘zga xos ma’no beradi: yoryor, kazokazo, mishmish, jag‘jag‘ (o‘simlik nomi).

Otlar takror qo‘llanganda ma’no kuchaytiriladi: tomir-tomiriga singmoq, jon-jonidan o‘tmoq, qon-qoniga singib ketmoq.

Qisqartma ot. Qisqartma otlar quyidagi yo‘l bilan hosil qilinadi:

  1. Faqat bosh harflarni olish bilan: MDH (Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi), XDP (Xalq demokratik partiyasi), QDU (Qarshi davlat universiteti).
  2. Birinchi so‘zning bir qismini olib, keyingi so‘zlarning bosh harflarnini olish bilan: SamDU (Samarqand davlat universiteti), O‘zMU (O‘zbekiston Milliy universiteti).
  3. So‘zlardan bir qismdan olish bilan: boshbux, O‘zdunrobita, O‘zmevauzumsabzavotsanoatxolding.

Ot turkumi tahlili. Ot turkumi tahliliotning turlari, ularning shakllari va xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan morfologik tahlil turi. Unda quyidagilar aniqlanadi: 1. Qaysi lug‘aviy mazmuniy guruhga mansubligi. 2. Morfologik tarkibi. 3. Yasalishi. 4. Lug‘aviy shakli. 5. Sintaktik shakli. 6. Tuzilishiga ko‘ra turi. 7. Gapdagi vazifasi.

Namuna: Keksa dilingizga tushmasin titroq,

               Otalar, chayqalib turibdi olam…(A.Orip.)

Turdosh ot, narsa oti, mavhum ot; dil-ingiz-ga; tub; -ingiz II shaxs ko‘plik; -ga jo‘nalish kelishigi; sodda ot, to‘ldiruvchi.

Sotsiolingvistika til va jamiyat muammosi, tilning jamiyatdagi turli tabaqa, toifa, yosh, kasb va jinsdagi kishi nutqida o‘ziga xos tarzda voqelanishi masalasini tekshiradi.Lotincha jamiyat va lingvistika so‘zining qo‘shiluviga ega, tilning jamiyatga va jamiyatning tilga ta’siri masalarini o‘rganuvchi tilshunoslik yo‘nalishi.

Sotsiolingvistika termini tilshunoslikda birinchi bor 1952- yilda amerikalik tadqiqotchi X.Karri tomonidan qo‘llangan.

Sof tilshunoslik tilning o‘zinigina tekshiradi. Sotsiolingvistikaesa uni jamiyat a’zolari turli sharoit va muhitda turlicha ishlatishiga e’tibor qaratadi. Mas., “sof” tilshunos o‘zbek tilidagi siz so‘zini II shaxs ko‘plik olmoshi sifatida talqin qiladi. Sotsoilingvist esa uning yosh bolaga nisbatan qo‘llanishiga, birlik son o‘rnida voqelanishiga, -lar shakli bilan ishlatilishiga, qaysi yoshdagi, toifadagi kishilar nutqida qanday ma’no, maqsad va miqdorda qo‘llanishiga diqqat qiladi. Chunki sen va siz olmoshi birlik va ko‘plik olmoshi ekanligi bilan emas, balki sotsial qiymati, zamiridagi inson qalbi tuyg‘ulari bilan farqlanishi bilan sotsiolingvistni qiziqtiradi.

 

1. aql-u hushini yo‘qotdi: o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan darajaga yetdi

2. bosh qotirdi: astoydil o‘yladi, chuqur fikrladi

3. boshidan oshib yotibdi: ortiq darajada, benihoya ko‘p

4. do‘ppisini osmonga otdi: juda xursand bo‘ldi

5. dong qotdi: kutilmagan hodisaga duch kelib, karaxt bo‘lib qoldi, hech narsani sezmaslik darajasida qattiq uxladi

6. ensasi qotdi: ranjib, noxush bo‘ldi

7. es- hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi

8. gap qotdi: 1)suhbatga tortish maqsadida gap aytdi 2)biror kishining nutqi davomida yo‘l - yo‘lakay biror fikrni aytib qoldi

9. hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi

10. kalavasining uchini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi

11. kesak otdi: yomonlik xatti-harakatlari qildi

12. ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q: o‘taketgan darajada yomon ko‘rdi

13. ma’lumot berdi I: boshqalarni ham xabardor qilish maqsadida so‘zladi

14. ma’lumot berdi II: yuqori organlarga shikoyat tarzida xabar yubordi

15. miyasi qotdi: o‘ylayverib gangidi

16. miyasini qotirdi: astoydil o‘yladi, chuqur fikrladi

17. mot bo‘lmoq: 1.mot holatga tushmoq; yutqizmoq. 2.munozara, bahs va sh.k. bellashuvlarda yengilmoq, mulzam holatga tushmoq

18. mot qilmoq: 1.mot holatga tushmoq; yutqizmoq. 2.munozara, bahs va sh.k. bellashuvlarda yengilmoq, mulzam holatga tushmoq

19. motam tutmoq: motam holatida bo‘lmoq, shunday holatni kechirmoq.

20. nafsi hakalak otmoq: kimning Mazaxo‘rakka o‘rganib, nafsini tiyolmaydi.

21. o‘zini yo‘qotib qo‘ydi: gangib qoldi

22. oshib–toshib yotdi: ortiq darajada, benihoya ko‘p

23. ot bilan tuyacha: juda katta farq

24. ota go‘ri-qozixonami?: janjallashib, xafalashib o‘tirishga arzimaydi

25. otdan tushsa ham, egardan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi

26. otdan tushsa ham, uzangidan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi

27. otilgan tosh: yomonlik xatti-harakatlarini qildi

28. otimni boshqa qo‘yaman!: biror ishni bajarishga qasd qilganlikni bildirishda aytiladi

29. qora terga botdi: haddan tashqari zo‘r berish natijasida mo‘l– ko‘l terladi

30. sarkalavasini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi

31. so‘z otdi: 1)fikrini bilish maqsadida biror gap-so‘z aytdi 2) suhbatga tirtish maqsadida tegajoqlik bilan gapirdi

32. so‘z qotdi: 1)suhbatga tortish maqsadida gap aytdi 2)biror kishining nutqi davomida yo‘l-yo‘lakay biror fikrni aytib qoldi

33. suyagi qotdi: yoshligidan biror ish bilan shug‘ullanib katta bo‘ldi

34. taxtaday qotib qolmoq: qo‘rquv yoki hayratdan tong qotib

35. tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi: hech kimga tinchlik bermaydi

36. tirrakday qotmoq: Rosa qotmoq, butunlay qotib qolmoq (kishining holati haqida)

37. tosh otdi: yomon xatti-harakatlarini qildi

38. tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq: Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi.

39. tup qo‘yib, palak otmoq: kim Mustahkam o‘rnashib, martabasi oshmoq; bola-chaqali bo‘lib ketmoq.

40. vafot etmoq: O‘lmoq, olamdan o‘tmoq

41. xotiradan chiqardi: unutdi

42. xotiri jam: Tashvishlardan qutulgan, betashvish

43. xotiridan chiqdi: unutdi

44. xotiridan ko‘tarildi: unutdi

45. xotiriga keldi: 1)xotirasida tiklandi 2)o‘yladi, idrok qildi

46. yotqizib turg‘izmoq: Kimsaga istagancha o‘z hukmini o‘tkazmoq, kimsani istagancha o‘z amriga, hukmiga bo‘ysundirmoq.

1. Bobo-ota- bola- nabira-chevara-evara-duvara
Ma’nosiga ko‘ra
(qarindoshlikning davomiyligiga ko‘ra)

2. Boshqa – o‘zga – yot – begona – raqib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalashiga ko‘ra )

3. Botir – jasur – dov yurak – qo‘rqmas – mard – yovqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

4. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

5. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

6. Farzand – bola – zuryod (zirriyot) – tirnoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

7. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

8. Gapdon – so‘zamol – notiq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining faol-nafaolligiga ko‘ra)

9. Kasal – betob – notob – bemor – nosog‘ – xasta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

10. Ko‘zi ilinmoq – mudramoq – mizg‘imoq – uxlamoq – dong qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(jismoniy holatning bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

11. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

12. Lablanmagan – noto‘liq lablangan – lablangan
Ma’nosiga ko‘ra
(labning ishtirokiga ko‘ra)

13. Notekis – baland – past – uydim-chuqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

14. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

15. Olov – o‘t – otash
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

16. Otlanmoq – qo‘zg‘almoq – ko‘tarilmoq – yo‘lga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

17. Qirot – misqol – qadoq – chorak – pud – botmon
Ma’nosiga ko‘ra
(og‘irlik miqdorining oshishiga ko‘ra)

18. Qizg‘anchiq – xasis – saxovatli – saxiy – hotamtoy
Ma’nosiga ko‘ra
(xususiyatning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)

19. Rota – qism – dviziya – qo‘shin – armiya
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

20. Sahar – tong – choshgoh – tush – kun oqish – kun botishi – kech – shom – tun
Ma’nosiga ko‘ra
(sutka qismlarining ketma-ketligiga ko‘ra)

21. Saxiy – himmatli -saxovatli – hotam – tanti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

22. Sotqin – xoin – xiyonatkor – g‘addor – murtad
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

23. Sovqotmoq – qaltiramoq – muzlamoq – tarasha qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

24. Tamomlamoq – tugatmoq – sop qilmoq – bitirmoq – ado qilmoq – yo‘qotmoq – yo‘q qilmoq – quritmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

25. To‘pponcha – avtomat – pulemyot – pushka
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

26. Turmush – hayot – tirikchilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

27. Uyushgan – hamjihat – intifoq – totuv – inoq – ahil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalash darajasiga ko‘ra)

28. Xavfli – xavotirli – xatarli – qo‘rqinchli – tahlikali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

29. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

30. Zakot – ushr – xiroj
Ma’nosiga ko‘ra
( miqdorining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.