Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nola}
So‘z bo‘g‘inlari: no-la
Izoh(lar)i:
nola [no-la ]

1. G‘am-alam, hasrat ifodalovchi ayanchli ovoz; afg‘on, fig‘on, faryod. Ingrab, o‘ksib qolgan onasiz Ko‘kka, yerga sig‘mas nolasi. H. Po‘lat

2. Yolvorish, o‘tinish, iltijo ifodalovchi ovoz, mungli tovush. [Mirkarim] Kecha-kunduz xudoga ibodat va nola qilib, pachava bo‘lgan o‘z ishining o‘nglanishini va totli o‘tmishning qaytarilishini so‘rardi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. ko‘chma Qushlar sayrashi yoki musiqa asboblaridan tarqalgan ovoz. Devor orqasi Sohib qorining anorzori. Hammayoq jimjit, faqat onda-sonda bulbullar nolasi eshitiladi. I. Rahim, Chin

4. Musiqa bezaklaridan biri; ashula aytganda, biror so‘z yoki so‘z bo‘g‘inida ovozni cho‘zib, tebratib xonish qilish.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. nola chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

1. Afg‘on – fig‘on – faryod – nola
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisinig ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Nola – nolish – oh – fig‘on – faryod – zor – dod – afg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

3. Nola qilmoq – oh urmoq – faryod solmoq – afg‘on aylamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

4. Yig‘i – nola – faryod – dod
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.