Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dod}
So‘z bo‘g‘inlari: dod
Izoh(lar)i:
dod ot

1. und. s. s. Ruhiy yoki jismoniy azobga chiday olmay chiqarilgan qattiq tovush; baqiriq, faryod. Dod! Voydod! Kimsanoy, sen o‘lguncha men o‘lsam bo‘lmaydimi, bolam! A. Obidjon, Akang qarag‘ay Gulmat
Bu yurakni siqadigan jimlikdan u dod! deb yuboray dedi. S. Ahmad, Ufq
Ertalab juda yomon ahvolga tushdi: uyning u boshidan bu boshiga dod deb yumalaydi. A. Qahhor, Asarlar

2. 2. Xavf-xatardan yoki qo‘rquvdan yordamga chaqirib chiqarilgan qattiq ovoz; baqiriq. Dod solmoq. Dod! Dod, odamlar, kelinglar! Dod, bek o‘ziga o‘t qo‘ydi. H. G‘ulom, Mash’al
Qiz hozir boshiga qop kiydirilishini bildi-yu, bor ovozi bilan dod solib qichqira boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
— Dod! Voydod! Qaroqchilar bosdi! — dovon orqasidan ikki xotin faryod ko‘tarib chiqdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Hozir behisob tuyoqlar ostida qolib yanchilishini sezdi-yu, dod solib qichqirdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

3. ko‘chma hma Yomon nom, yomonlik, yovuzlik. Dod qoldirma, ot qoldir. Maqol
Yaxshidan ot qoladi, Yomondan — dod. Maqol

4. ko‘chma hma Adolatsizlik yoki azob-uqubatdan nolib qilingan og‘zaki yoki yozma arz, shikoyat, fig‘on. [Domla G‘ofirga:] Qani, dodingni ayt, nima doding bor? Hamza, Boy ila xizmatchi
Aziza dodini kimga aytishini bilmay, qon-qon yig‘ladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nola [f-t], shikoyat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. dod soldi: dod-voy qildi, qichqirdi

1. Nola – nolish – oh – fig‘on – faryod – zor – dod – afg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

2. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

3. Yig‘i – nola – faryod – dod
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.