1. Qattiq xafa bo‘lish, qayg‘urish, alam chekish tufayli yuz beradigan yig‘i-sig‘i; nola, faryod. Ona fig‘on bilan yugurib kelib, mirshab qo‘liga osildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha Qurboning bo‘layin, ey onajonim, Sening faryodlaring — mening fig‘onim. M. Yusuf, Uyqudagi qiz
1. fig‘oni falakka chiqdi: ruhan ortiq darajada bo‘g‘ilib, oh–voh qildi
1. Afg‘on – fig‘on – faryod – nola Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorlik belgisinig ortiq-kamligiga ko‘ra)
2. Nola – nolish – oh – fig‘on – faryod – zor – dod – afg‘on Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)