Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nohaq}
So‘z bo‘g‘inlari: no-haq
Izoh(lar)i:
nohaq sf

1. 1. Qonunga xilof, zid; g‘ayriqonuniy. Tunov kun unga [O‘rmon polvonga] borib, bizning g‘allalarimizni nohaq va zo‘r bilan bosib oldilar, deb arz qilgan oyoq yalang dehqon, cho‘pon va o‘tinkashlar kirib keldilar S. Ayniy, Qullar
Ko‘ngil to‘la armon, yo‘qdir darmon, Oh, har kun nohaq qurbon, mudhish qon. S. Abdulla.

2. 2. Haqqoniy bo‘lmagan, adolatsiz, noto‘g‘ri. Nohaq hukm. Nohaq ishga rivoj yo‘q. Maqol.
Nohaq ishga kuyaman Boy, kambag‘al, mulla, eshon demasdan, hammaning bolasiga bir tekis qaralsa, otamga la’nat, o‘g‘limni yubormasam. Oybek, Tanlangan asarlar
Mahkam nohaq gaplardan qattiq norozi bo‘lib, yana yuzining qoni qocha boshladi. P. Qodirov, Uch ildiz.

3. kesim vzf. zf. Haqli emas. Kim haq, kim nohaq — aniq bo‘ldi. Bu masalada siz nohaqsiz.

Antonim(lar)i: haqli , haq [a]
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.