Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {haqli}
So‘z bo‘g‘inlari: haq-li
Izoh(lar)i:
haqli sf

1. 1. Haqi bor, haq-huquqqa ega. Hayoti mobaynida ikki tup nihol ekib o‘stirgan inson o‘z umrini mazmunli o‘tdi, deb hisoblashga haqlidir. Gazetadan
Har bir fojiaga, har bir sharafga Nisbat bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli! X. Davron, Bolalikning ovozi

2. ayn. yn. Haq 3. Siz haqlisiz, ammo ixtilofni tinchlik yo‘li bilan hal qilaylik. M. Osim, Karvon yo‘llarida
Har jihatdan qaraganda ham, siz bu masalada haqlisiz. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Asosli va o‘rinli, to‘g‘ri. Binokorlarni haqli ravishda kashshoflar deyishadi. Gazetadan
Nega mash’al jamoa orqada qolayotir, degan haqli savol tug‘iladi. Gazetadan

Antonim(lar)i: nohaq
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.