Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nodon}
So‘z bo‘g‘inlari: no-don
Izoh(lar)i:
nodon [no-don ]

1. Ilm-ma’rifatdan xabari yo‘q, ongi, tushunchasi past; o‘qimagan, bilimsiz; qoloq. Nodon odam. So‘zlaguvchi nodon bo‘lsa, eshitguvchi dono bo‘lsin. Maqol

2. Fahm-farosati kam; tushunmaydigan, tentak. Ajab bo‘ldi! Oyog‘ining tagiga o‘ligingni tashlagin endi, o‘z qadrini bilmagan nodon. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: dono [f], pishiq , donishmand
Sinonim(lar)i: aqlsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aqlsiz – beaql – bexirad – nodon – johil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

2. Nodon – esli – dono
Ma’nosiga ko‘ra
(onglilik darajasining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.