Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dono}
So‘z bo‘g‘inlari: do-no
Izoh(lar)i:
dono sf

1. ot. ot. Aql-zakovatli, donishmand, oqil. Dono qiz. Dono rahbar. Aytguvchi ahmoq bo‘lsa, tinglovchi dono kerak. Maqol
Nodon so‘zlar — dono ibrat olar. Maqol
Dononing alami tez tarqaydi. Yoshlik
Ahmoqlar bilan kulishgandan ko‘ra, donolar bilan yig‘lashgan afzal. Gazetadan

2. 2. Dono maslahat. Ona tilim — dono tilim. Maqol
Juda dono gaplarni aytdingiz. S. Ahmad, Yulduzlar

Antonim(lar)i: nodon [f-t]
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: dona – [f] Miqdor; don, urug‘; mayda zarra.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aqlli – dono – donishmand – mutafakkir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining oshib borishiga ko‘ra)

2. Nodon – esli – dono
Ma’nosiga ko‘ra
(onglilik darajasining ortiq-kamligiga ko‘ra)

3. Zehnli – zukko – zakiy – dono
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.