Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {aqlsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: aql-siz
Izoh(lar)i:
aqlsiz [aql-siz ]

1. Aqli yo‘q, beaql. Musulmonqul o‘zini mingboshi e’lon qilib, aqlsiz bir go‘dakni [Xudoyorni] xon ko‘tarib, el yelkasiga mindi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Aql ishlatmasdan qilingan, ahmoqona. — Bundoq aqlsiz ishlarni qo‘yaylik, xotin! — deb muloyimona so‘zlab ketdi [Hoji]. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: esli , oqil [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aqlsiz – beaql – bexirad – nodon – johil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.