1. Ish-harakat, voqea-hodisadan pirovardida kelib chiqqan oqibat; ish-harakat, voqea-hodisadan kelib chiqqan ko‘rsatkich.
Elmurod bo‘lar ish bo‘ldi, endi tishni tishga qo‘yib, natijani kutish kerak, deb o‘zini ovutdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. s. t.Foyda, naf; samara.
To‘satdan boshlangan hujum yaxshi natija bermadi.
I. Rahim, Chin muhabbat
3. Fikr, muhokamaning mantiqiy yakuni; xulosa.
Ko‘rinishdan natija chiqarib aytganda, bu qiziq majlis uning [Kumush] uchun bazm o‘rnini emas, aza joyini tutgandi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar