Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yakun}
So‘z bo‘g‘inlari: ya-kun
Izoh(lar)i:
yakun ot

1. Biron narsaning oxiri, tugash, oxiriga yetish qismi. Musobaqa yakunida g‘oliblarni sharaflash marosimi bo‘ldi. Gazetadan

2. Xulosa, natija. O‘quv yilining yakunlari. Munozaralarning yakuni. Ishning yakuni. ▬ Har bir tup g‘o‘zani o‘stirding silab, Yetmoq niyatida porloq yakunga. E. Rahim
Sening sevging ham, mening oilam ham, butun xalqimiz baxti ham shu urushning yakuniga bog‘liq. H. G‘ulom, Toshkentliklar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: natija [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.