Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oqibat}
So‘z bo‘g‘inlari: o-qi-bat
Izoh(lar)i:
oqibat ot

1. Qadrdonlik, do‘stlik tuyg‘usi, mehr, muhabbat va shundan kelib chiqadigan yaxshi munosabat; muruvvat. Insonning insonga oqibati uzoq safarlarda bilinadi. Gazetadan
Ha, shumi hali, Bo‘taboy aka, oramizda puldan ham kattaroq narsa — mehr-u oqibat bor edi-ku. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
— Munavvarxon, qoqindiq, sizdan kelgan oqibat shumi? Boqqa bir bordingiz-u, badar ketdingiz,— deb ginaxonlik qilib ko‘rishdi amma. S. Anorboyev, Mehr

2. 1. Oxirgi yakun, natija. Ishning oqibati. Agar Bolta muallim uni sudrab ketmaganida, oqibati nima bo‘lishi noma’lum edi. N. Norqobilov, To‘qnashuv
Adolat arizasining oqibatini kutib yurdi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. rvsh. sh. Hamma narsa (voqea yoki harakatlar) bo‘lib o‘tgandan keyin, oxiri, natijada, oxir-pirovardida, nihoyat. Oqibat shu natijaga kelindi: mayli, Saidiyni qisman xabardor qilish kerak. A.Qahhor, Sarob
Tishchenko uni birmuncha vaqt shofyorlar kursiga tayyorlabdi, oqibat kirgizib ham qo‘yibdi. A. Qahhor, Jon fig‘on
Tushdi seni deb boshima jabr-u sitam, hadsiz azob, Aql-u hushimdan oqibat begona bo‘ldim sog‘inib. Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: natija [a]

1. oqibat I Ot
nihoya, yakun, natija

2. oqibat II Ot
qadrdonlik tuyg‘usi, yaxshi munosabat

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.