Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nafis} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: na-fis-la-moq
Izoh(lar)i:
nafis

1. Go‘zal va nozik, latif. N Shamol nafis yaproqlarni uzadi, havoda, erkinlikda birpasgina ular bilan o‘ynashib, erkalab, so‘ng yerga tashlaydi. Oybek, Quyosh qoraymas

2. Nozik va yoqimli. Ikkovining ko‘zlarida ehtiros chaqmoq chaqar, ulardan go‘yo bahor gullarining nafis hidi anqirdi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. Badiiy jihatdan juda yuksak, go‘zal va nozik. Nafis ish. Shoirning nafis she’rlari hozir uning uchun tuzsiz so‘zlar yig‘indisidan boshqa bir narsa ham emas edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. esk. ayn.Badiiy. O‘rtoq Baqoyev o‘ylab turib so‘radi: — Nafis adabiyot darsini sizlarga kim beradi? A. Qahhor, Adabiyot muallimi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: latif [a], nozik [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: nafs – [a] Eyish-ichishga, mol-dunyoga bo‘lgan ehtiros; hirs.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.