Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nozik}
So‘z bo‘g‘inlari: no-zik
Izoh(lar)i:
nozik sf

1. 1. Yuksak mahorat va san’at bilan juda bejirim qilib ishlangan; nafis, latif. Iskandarov havas va taajjub bilan binolarga, boy jihozlarga, ayniqsa, nozik san’at buyumlariga, eshik va derazalarga nazar tashlab qo‘yardi. Oybek, Nur qidirib

2. 2. Ingichka; yupqa, harir. Nozik ip. Dutorning nozik torlaridan chiqqan Navo kuyi o‘z nolasiga tushunguvchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Yupqa, harir. U gunafsha gulli nozik batis ko‘ylak kiyib, choyshabni tomog‘igacha tortib, jurnal o‘qib yotardi. Oydin, Hikoyalar

4. 4. Bejirim, latif; xipcha. Momiq paxtalar uning nozik barmoqlariga o‘zi ilashib chiqar, chanoqlar hayratdan og‘iz ochib, silkinib qolardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Iigit mahbubasining nozik qo‘llaridan tutib, o‘ziga tortardi. S. Anorboyev, Oqsoy
Murzin uning parishon sochlarini, nozik bo‘yniga yopishgan mayin, jonsizgina soch tolalarini tomosha qilardi. Shuhrat, Shinelli yillar

5. 5. Zaif, nimjon. Nozik maysa. Ukamni durustroq joyga o‘rnashtiring, o‘zi nimjon, nozikroq bola., shamollab-netib qolmasin. P. Tursun, O‘qituvchi
Nozik, rang-barang parvonalar, kapalaklar lampa atrofida aylanar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Muloyim, mayin va yoqimli, nazokatli. Nozik tabassum. Dilxiroj o‘zining mayda qadami, nozik harakatlari bilan davraga kirib keldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Xalq ko‘nglini ovlagan, Ulfatda doim. Ovozi jonga yoqar, Nozik, muloyim. Q. Muhammadiy
U kuyning sehriga berilib, intizor ko‘zlarini nozik yumdi, boshini quyi soldi. Shuhrat, Shinelli yillar

7. 7. Salga sinadigan, uziladigan, yirtiladigan; bo‘sh, mo‘rt. Nozik buyum. ya Olimovning qo‘lidagi yuklar hammanikidan og‘irroq, nozikroq edi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

8. ko‘chma hma O‘ziga xos qiyinchiliklari bo‘lgan, alohida mahorat, malaka, bilim talab etadigan. G‘o‘za sug‘orish — nozik ish. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.

9. ko‘chma hma O‘z ishini mayda ikir-chikirlarigacha yaxshi biladigan; usta. Sekretarning otasi nozik gulchi edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

10. ko‘chma chma Alohida ehtiyotkorlik talab etadigan; qaltis. Nozik masala. Nozik payt. Nozik ahvol. Asrora o‘ylab qarasa, ko‘ngil ishi nozik narsa ekan. S. Ahmad, Ufq
— Keyingi paytda zamon nozik bo‘lib qoldi, — afsus bilan bosh chayqardi O‘sar buxgalter. A. Ko‘chimov, Halqa
Bo‘lmasa, selpo raisligiday nozik lavozimda o‘n-o‘n besh yil muqim ishlash osonmi?!O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

11. ko‘chma chma Alohida e’tibor, mulozamat, takalluf talab etadigan, izzattalab. Nozik mehmon. — Xo‘jayin band, oldilarida nozik odam bor. Majlis qilishyapti, — dedi sekretar. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema

12. ko‘chma chma Qichiqli; injiq. Boboqulning ko‘zlaridagi nozik kinoya uning izzat-nafsiga xanjardek qadaldi. Oybek, Navoiy

13. 13. Nozik (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nafis [a], qaltis

1. nozik I Ot
kashtachilikda ishlatiladigan munchoq

2. nozik II Sifat
nafis, latif

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Nafis – nozik – latif
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.