Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {latif}
So‘z bo‘g‘inlari: la-tif
Izoh(lar)i:
latif [la-tif ]

1. Go‘zal, chiroyli va nozik. [Qiz] Oq qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabiatning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilgan qora xolini qashidi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Yoqimli, mayin, nozik. Otabek tabiatning shu ko‘rkam va latif ko‘rinishiga maftun bo‘lib, uzoq tin olib qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Jozibali va yoqimli. Munisning latif va jozibali she’rlari xalq orasida keng yoyilgan. Gazetadan

4. Latif (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nafis [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Nafis – nozik – latif
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.