Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {murakkab} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mu-rak-kab-lash-moq
Izoh(lar)i:
murakkab sf

1. 1. Yechilishi, tushunilishi, bajarilishi qiyin; og‘ir, mushkul. Murakkab masala. Bu ish juda murakkab. H. G‘ulom, Mash’al
Homilaning mo‘jizali rivojlanish jarayoni biologlar oldida turgan eng murakkab muammolardan biridir. Fan va turmush
Atoqli xalq san’atkori hayotning eng chigal, murakkab tomonlarini ham jonli til bilan sodda qilib tushuntira olardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

2. 2. Katta qiyinchiliklari bo‘lgan, mashaqqatli, og‘ir. Xo‘jaligimiz dehqonlari murakkab ob-havo sharoiti yuz bergan yilda bir jon-bir tan bo‘lib mehnat qilib davlat topshirig‘ini sharaf bilan ado etdilar. O‘zbekiston qo‘riqlari
Men bilan tengdosh bo‘lgan yoshlarning o‘smirlik hayoti juda murakkab bir vaqtga to‘g‘ri kelgan edi. N. Safarov, Jasoratning davomi

3. 3. Tarkibi bir necha (juda ko‘p) unsurlardan tashkil topgan. Ko‘z juda murakkab optik sistema bo‘lib, kishi hayotida ko‘zning yaxshi ko‘rishi muhimdir. Gazetadan
Fan va texnikaning uzluksiz rivoji hamda yangi-yangi mukammal moslama va mexanizmlar yaratilishi tufayli yanada murakkabroq EHM-lar paydo bo‘la boshladi. Fan va turmush

Antonim(lar)i: oddiy [a], sodda [f-t]
Sinonim(lar)i: dushvor [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.