Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {munosabat}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-no-sa-bat
Izoh(lar)i:
munosabat ot

1. 1. Kishilar o‘rtasidagi aloqa, muomala. [Elmurodga] Eshonning munosabati ham o‘zgardi. Ilgarigiday qattiq so‘kmay qo‘ydi. P. Tursun, O‘qituvchi
U Navoiy bilan Binoiyning o‘zaro munosabatlari haqida ba’zi bir gaplar eshitgan P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Kishilar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasidagi bordi-keldi, oldi-berdi muomalalari; tirikchilik, moddiy va ma’naviy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa. Oilaviy munosabat. Savdo munosabatlari. Ishlab chiqarish munosabatlari. Munosabat bog‘lamoq. Diplomatik munosabatlarni uzmoq. U banklar orqali o‘z raqiblariga qarshi olib bormoqchi bo‘lgan sirli ishlarini, o‘z qarzdorlariga qanday muomala va munosabatda bo‘lishini o‘ylar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Kishining voqelikka, voqelikdagi narsalarga, hodisalarga qarashi, yondashish prinsipi. Ayol kishining fazilati bola bilan bo‘lgan munosabatda ochiladi. F. Musajonov, Himmat
Inson moddiy boylikni, madaniy obidani yaratar ekan, o‘zining mehnatga bo‘lgan munosabatida ma’naviy go‘zalligini namoyon etadi. Gazetadan

4. fls. ls. Muayyan tizimdagi elementlarning joylanish xarakteri va ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Tafakkurning borliqqa munosabati. Men, odatim bo‘yicha, so‘zlarning ma’nolarini va nomlarning nomlangan narsalar bilan munosabatini bilishga qiziqqanimdan: — U qishloqni nega Tezguzar deb ataganlar? — deb so‘radim. S. Ayniy, Esdaliklar

5. 5. Biror ish, harakat, gap va shu kabilarga daxli bo‘lgan narsa, tegishli asos; bois, daxl. Bu ishga sizning gapingizning hech qanday munosabati yo‘q. Tantiboyvachcha anchagina mast bo‘lib, og‘ziga kelganini valdirashga boshladi. Har munosabat bilan o‘zini maqtadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Tavhidiy bir munosabat tug‘dirib piyolaga yozib bergan she’ri haqida gapirdi. A. Qahhor, Millatchilar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aloqa [a], ora , robita [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

      Ismlarning munosabat shakllariism asoslariga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlar bilan aloqa-munosabatga kiritish va gap bo‘laklarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan shakllar. Unga quyidagilar kiritiladi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlarni kesimga xoslovchi shakllar.

Egalik shakllari ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi, xususiyat, harakat-holatlarni uch shaxsdan biriga qarashliligini bildiradi: -(i)m, -(i)ng, -(s)i; -(i)miz, -(i)ngiz, -(lar)i.

Kelishik shakllari ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘laydi va doimo tobe so‘z tarkibida bo‘ladi: -ning, -ni, -ga(-ka, -qa), -da, -dan.

Kesim ega bilan shaxs va sonda mos bo‘ladi. Kesim ot kesim bo‘lganda uni egaga xoslovchi, ega bilan munosabatini ko‘rsatuvchi shakllarga ismlarni kesimga xoslovchi shakllari deyiladi. Bu shakllarga quyidagilar kiritiladi:

1)    -man, -san, -miz, -siz shaxs-son shakllari – Men shoirman. Sen chiroylisan. Biz to‘rttamiz. Siz endi talabasiz;

2)    -dir kesimlik shakli – Yer xazinadir;

3)    bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq bog‘lamalari – Mehnatning noni shirin bo‘ladi;

4)    edi, ekan, emish, emas to‘liqsiz fe’llari – U shoir edi. Men undan ancha kichik edim. Ular to‘rtta ekan. Bu yaxshi emas.

5)    kerak, zarur, shart, lozim, darkor, mumkin nisbiy so‘zlari – U buni unutmasligi kerak. Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak.

 

Shaxsiy munosabat shakliotlardagi so‘zlovchining turli shaxsiy munosabatlari, achinish, erkalash, ulug‘lash kabilarni bildiruvchi shakl. Bunday shakllarga otning shaxsiy munosabat shakllari deyiladi. Quyidagi shakllar bilan hosil qilinadi:

jon: ukajon, oyijon, Po‘latjon.

xon: Azizxon, Halimaxon, ukaxon, akaxon.

oy: Salimaoy, kelinoy.

loq/aloq: bo‘taloq, qizaloq.

gina/kina/qina: ukaginam, buviginam.

boy: Haydarboy, Shuhratboy.

bek: Salimbek, Muxtorbek.

jon, xon, boy, bek birligi kishi ismining ajralmas qismiga aylanganda lug‘aviy shakllikdan chiqadi: Nurboy Jabborov, Muhammadxon Abdullayev, Mamajon Dadajonov, Tursunoy Oxunova, Nurxon, O‘g‘iloy.

 

So‘z ma’no munosabatiga ko‘ra ma’nodosh, zid ma’noli, uyadosh, butun-bo‘lak, turjins munosabatidagi so‘zga, shakl munosabatiga ko‘ra esa shakldosh va talaffuzdosh so‘zga bo‘linadi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.