1. Turli vositalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish; xalq xo‘jaligining pochta, telefon, telegraf, radio, televideniye va b. orqali axborotlarni uzatish va qabul qilishni, pochta orqali buyumlar yuborishni ta’minlaydigan tarmog‘i. Pochta aloqasi. Telefon aloqasi. -
2. Kishilar yoki narsalar, voqealar, hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, ichki bog‘lanish. Sanoatning dehqonchilik bilan aloqasi. Fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi. Hokimiyatning keng mehnatkashlar ommasi bilan aloqasi. -
3. Kishilar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasidagi muomala, munosabat, bog‘lanish; bordi-keldi. [Hakim boyvachcha] Abdishukur bilan yaxshi aloqada bo‘lishga tirishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
1. Yaqinlashmoq – hamkorlik qilmoq – aloqa bog‘lamoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)