Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {cho‘t} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: cho‘t-la-moq
Izoh(lar)i:
cho‘t [cho‘t ]

1. Buxgalteriyada, idoralarda qo‘llanadigan, to‘rtburchak ramkaga mahkamlangan temir simlarga tizilgan donalarni surib, qo‘shuv va ayiruv amallari bajariladigan sodda moslama. Cho‘t qoqmoq. Cho‘tga solmoq. ▬ Keksagina odam damodam shaqillatib cho‘t qoqadi. Mirmuhsin, Yashiringan kuch

2. Mo‘ljal, taxmin, hisob. [G‘ofir:] Mening cho‘timda hammasi bo‘lib besh yuz so‘mdan oshmas edi-ku? Yoki adashdingizmi ekan-a, boy ota? Hamza,Boy ila xizmatchi

3. shv.Tesha. Daraxtlarni cho‘t bilan, bolta bilan qirqib, o‘tni yoqib, famil choyni damlab, egarini kursi qip, aslahasini yerga qo‘ydi. Yusuf va Ahmad

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mo‘ljallamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.