Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kut} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kut-moq
Izoh(lar)i:
kut fl

1. 1. Mo‘ljallangan narsa yoki shaxsning paydo bo‘lishini, kelishini yoki uchrashini umid qilgan, unga ko‘z tikkan holda ma’lum vaqt biror joyda turmoq; poylamoq. Samolyot kelishini kutmoq. Seni ko‘p kutdim. Yusufbek hoji sipohlardan birining qo‘ltiqlashi bilan otiga minib, narida kutib turgan Hasanaliga qarab yurdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Barno yo‘q ekan, bir oz kutdi, kelavermagach, o‘tirishga sabri chidamay, idoradan chiqdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

2. 2. Biror narsaning bo‘lishini e’tibor-da tutib, nimadandir o‘zini tiyib, to‘xtatib turmoq. Avaz zaldagi pichir-pichirlar tinishini kutib, bir oz jim qoldi-da, davom etdi: — Mirzayev Charosning tirnog‘iga ham arzimaydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
U Vaqqos otaning taklifini kutmay, Abdubilolni ichkariga boshladi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
Ahmadjon pulemyotni darhol okop bo‘yiga o‘rnatdi va nemis piyoda askarlarining yaqinroq kelishini kutdi. A. Qahhor, Oltin yulduz

3. 3. Keluvchini hurmatlab, yo‘liga, istiqboliga chiqmoq. G‘ulomjon hokimni kutgani bormadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Uni hech kim kutgani chiqmadi. S. Ahmad, Ufq
Erta bilan vokzalga keldi. Yo‘q, uni kutadigan ham, kuzatadigan ham odami yo‘q edi. Shunchaki boshi aylanib kelib qoldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. 4. Birovning (masalan, mehmonlarning) ko‘nglini olish uchun xizmatida bo‘lmoq; uni ziyofat qilmoq, xursand qilish uchun unga xizmat qilmoq, ko‘nglini olmoq. Mezbon mehmonlarni yaxshi kutdi. Pechak-guldek bo‘lib, eriga chirmashganini ko‘rarmiz hali, xudo ko‘rsatsa; bor, o‘ynab-kulib, mehmonlaringni kut! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
[Hoji, javob kutmasdan:] — Qudalaringni nima bilan kutishni bo‘lsa, o‘zing bilasan: tuya so‘yib chorlaganingda ham kelmaydirgan kishilar! — dedi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bizning eshigimiz doim ochiq. Shu uyga kelibmanki, mehmon kutaman. H. G‘ulom, Feruza

5. 5. Biror narsaning bo‘lishini umid qilmoq, shunday bo‘ladi deb o‘ylamoq; ilinjida bo‘lmoq. Adovat urug‘ini sepib, adolat mevasini kutma. Yaxshilik kutmoq. Nodondan aql kutma, beburddan — nomus. Maqol
Kotib xatni oldi-yu, Elmurod kutgandek, o‘qib o‘tirmadi. P. Tursun, O‘qituvchi
Gulsum ona bunaqa gaplarni kutmagani uchunmi, sarosimaga tushib, Fyodorovnaga ko‘z tashladi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

6. ko‘chma hma Yo‘lida, hayot yo‘lida ro‘para bo‘lmoq, istiqbolida bo‘lmoq; qarshilamoq. Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo‘lbars chiqsa, biz qattiq qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lim kutadir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
dehqonlarning bu isyoni yaxshilikka olib kelmasligini, qonun, qurol sipohiylar qo‘lida ekanligini, isyonchilarni beshafqat jazo kutishini ham biladi. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: poylamoq , tergamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.