Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {poyla} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: poy-la-moq
Izoh(lar)i:
poyla fl

1. 1. Biror kimsa yoki narsaning kelishini kutmoq. Tramvay poylamoq. Endigina o‘n uch yoshga kirgan Usmonjon esa kunduzi odamlarning kelishini poylab, bir-ikki tanga pul ishlar S. Zunnunova, Olov
Axir, bu bola tili chiqqandan beri dadasini yo‘qlaydi, kelishini kutib, yo‘lini poylaydi. S. Ahmad, Ufq
Bekatda chamadonini yoniga qo‘yib o‘tirib, avtobus poyladi. Yoshlik

2. 2. Biror voqea yoki hodisaning sodir bo‘lishini, ro‘y berishini kutmoq. Yomg‘ir tinishini poylamoq. Boshqa uylarda qarindosh-urug‘lar va nikohni poylab yotgan xotinlar bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Doshqozonda qaynar sumalak, Onaxonlar tongni poylaydi. Saodat

3. 3. Biror kimsa yoki narsaning xavfsizligini, daxlsizligini saqlamoq, qo‘riqlamoq. Nega boylar uyin poylab, Tomda shamdek qotamiz! Hamza
Mingboshining darvozasini mirshab poylab turibdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. 4. Zimdan kuzatmoq, ta’qib qilmoq; payida bo‘lmoq. Uni birdan qo‘rquv bosdi: go‘yo allaqanday yashirin ko‘zlar tevarakdan ularni poylab turgandek sezildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Poylab boribsan-da, hammasini ko‘ribsan-da S. Ahmad, Saylanma

5. s. t. t. Mo‘ljalga, nishonga olmoq, mo‘ljallamoq. Ayiqning oyog‘ini poylab o‘q uzmoq. Olmani poylab tosh otmoq,. Quyonni poylab otmoq. Ajdarning to‘xtaganini poylab turib, yana ikkinchi ko‘ziga yoydan o‘q otib yubordi. M. Mahmudov, Bulbuligo‘yo

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kutmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.