Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {terga} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ter-ga-moq
Izoh(lar)i:
terga fl

1. 1. Tekshirmoq, nazorat qilmoq; ta’qib ostiga olmoq, kuzatmoq. Xizirov kibrlik bilan: — Maorifning ishini tergay olmaysiz. Nima qilsam, o‘zim bilaman, — dedi. P. Tursun, O‘qituvchi
[Mastura:] Shoh bo‘lsang, sabab o‘g‘irlik qilgan fuqarolaringni tergamaysan? A. Qahhor, Bashorat
Chol bolalarning nojo‘ya harakatlarini tergab, mudirga yetkazib turar edi. P. Tursun, O‘qituvchi
Hammaga adolat qilding, Qoraxon, Tergamading buzuq, battol qizingni. Ravshan

2. 2. Nojo‘ya harakatlarini nazoratda tutib, undan tiyish xatti-harakatlarini, yo‘llarini qilmoq; yomon yo‘ldan qaytarib turmoq. Men sizga o‘g‘ilman, farzandingizman. Urishishga, so‘kishga, tergashga haqqingiz bor. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Qayliq sizniki bo‘lgandan keyin, tergash, tiyish ham siznikidir. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. huq. uq. Tergov qilmoq; tergov, so‘roq qilib aniqlamoq. Qo‘rboshi esa Otabekning ustida hali bunchalik tergashlar borligi uchun o‘zini bir oz to‘xtatib qoldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kutmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.