Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {quvvat}
So‘z bo‘g‘inlari: quv-vat
Izoh(lar)i:
quvvat ot

1. 1. Harakat-faoliyatga olib keluvchi qobiliyat; harakatlanish, harakatlantirish qobiliyati; kuch. Qirq ming elat ichida bu qizga quvvati barobar keladigan er yigit yo‘q. Bo‘tako‘z
Qaridim, ish qilishga qolmadi quvvat. G‘ayratiy
Poyezd borar quvvatga to‘lib. H. Po‘lat

2. ayn. yn. Energiya. Elektr quvvati. Shu suvning quvvatidan uyimiz yorug‘ligi. Q. Muhammadiy
Ulug‘ kishilik aqli atomdagi quvvatni Pokiza umid bilan qila ololdi ijod. G‘. G‘ulom

3. fiz. iz. Bir vaqt birligi ichida bajarilgan yoki bajariladigan ish miqdori. 500 megavatt quvvatga ega bo‘lgan gidrostansiya. Quvvat bir sekundda bajarilgan ishdir.

4. 4. Korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari majmui. Mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirish bilan yangi obyektlar ham barpo etildi. Fan va turmush

5. 5. Kuch, chidamlilik. Chirigan yog‘ochning quvvati bo‘lmaydi.

6. ko‘chma hma Moddiy, ma’naviy imkoniyat; qodirlik, qurb; qobiliyat, layoqat, bilim. O‘chda qahramonlarning har ikkalasi ham xarakter sifatida o‘zlarining jozibadorligi, ma’lum bir xislatlarining bo‘rttirib tasvirlanishi bilan kitobxonni o‘ziga tortib olish quvvatiga ega. M. Qo‘sh-jonov, Poemadan romanga
Elmurod kimda qanday o‘qish asbobi borligini tekshirib chiqqandan keyin, o‘quvchilarning quvvatini sinashga kirishdi. P. Tursun, O‘qituvchi

7. 7. Bir piyola choydagi quvvat bir burda nonga teng ekanligi hisoblab chiqilgan. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik

8. ko‘chma hma Dalda, madad. Arg‘amchiga qil quvvat. Maqol
Mayin tovush eshitildi: — Kelinglar rahmat! Odamga odam quvvat bo‘ladi, ming rahmat! A. Qahhor, Ming bir jon
Indamasa ham, shu yerda turishi, G‘ulomjondan nimanidir kutishi yigit yuragiga quvvat berdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kuch , qurb [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kuchli – baquvvat – zabardast
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

2. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.