1. 1. Tiniq osmon rangidagi; moviy, zangori.
Ko‘k ko‘z. Ko‘k bo‘yoq.
▬
Qo‘limizda tovlanar jajji-jajji bayroqlar, Osmonda ko‘k, qizil shar yengil uchib o‘ynoqlar.
I. Muslim.
2. 2. Kul rangidagi, kulrang.
Ko‘k bo‘ri. Ko‘k kaptar.
▬
Qamchi ko‘k ot bilan saman toyni yetaklab, daryo tomonga ketdi.
H. G‘ulom, Mash’al
3. s. t. t. Yashil, sabza.
Ko‘k o‘t.
▬
Qarshimda tebranar ko‘k barglar har on
Yu, Hamdam
4. 4. Yer ustida gumbaz shaklida ko‘rinib turadigan havo qatlami; osmon.
Enkayganga enkaygin, boshing yerga tekkuncha, Kekkayganga kekkaygin, boshing ko‘kka yetguncha.
Maqol
Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti.
A. Qahhor, Ming bir jon
5. 5. O‘sayotgan o‘t-o‘simlik, o‘t-o‘lan; maysa, ko‘kat.
Yomg‘irlar yog‘ib, yerda o‘t-o‘lanlar ko‘rina boshladi, hayvonlarning og‘zi ko‘kka tegdi.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Mening brigadamga qarashli yerdan uch gektariga Misr paxta ekdim. Ko‘ki juda yaxshi.
G‘. G‘ulom, Tirilgan murda
6. 6. Bahorda yangi chiqqan, somsa, chuchvara kabi ovqatlarga ishlatiladigan otquloq, yo‘ng‘ichqa, jag‘jag‘, ismaloq kabi ko‘katlarning umumiy nomi va shunday ko‘katlar qo‘shib tayyorlangan ovqat.
Ko‘k somsa. Ko‘k sho‘rva.
▬
Ko‘k terish bahonasi bilan dalalarni tusay boshlagan edi.
Cho‘lpon, Kecha va kunduz
7. 7. Kashnich, janbil, ukrop kabi ovqatga qo‘shib yeyiladigan rezavor o‘simliklar, ko‘kat.
Ko‘k solib qatiqlangan mastavaning lazzatli hidi keldi.
A. Muxtor, Opa-singillar
8. s. t. t. (3-sh. birl. shaklida — ko‘ki) Dollar.
Bir pachka ko‘ki bilan qo‘lga tushibdi, ish chatoq.